So’nggi yangiliklar

16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  3 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  10 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  21 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11

SHota Arveladze: "CHetlatish ishimizni engillashtirdi, lekin..." Yangiliklar

SHota Arveladze: "CHetlatish ishimizni engillashtirdi, lekin..."

O'zbekiston kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa vakillari ishtirok etishdi.

Bosh murabbiy SHota Arveladzega Tiago Bezerra hamrohlik qildi. 

SH.Arveladze: Avvalo, bugungi g'alaba bilan klub rahbariyati, futbolchilar va muxlislarimizni tabriklayman. Juda muhim o'yinda chiroyli g'alabaga erishdik. Kubok musobaqasi sovrinni qo'lga kiritish borasidagi eng qisqa yo'l hisoblanadi. Bugun biz yarim finalga yo'l oldik. Bu esa jamoamizni sovrin sari yana bir qadamga yaqinlashtirdi. O'yin haqida faqat ijobiy fikr bildira olaman. Raqib jamoa maydonda bir kishi kam bo'lib qolsada, oxirigacha mardonovor kurashdi. Tan olish kerak, son jihatidan ustunlik ishimizni engillashtirdi. Muhimi, biz kerakli paytda gollarni kiritib oldik. 

T.Bezerra: Uzoq tanaffusdan so'ng yana o'z maydonimizda o'ynaganimizdan xursandmiz. Kuchli raqib ustidan yirik hisobda g'alaba qozonish esa bu ikki xissa quvonarli holatni yuzaga keltiradi. "Lokomotiv" hurmatga sazovor jamoa. Bugun mehmonlar ajoyib o'yin namoyish etishdi. Xatto maydonda bir kishi kam bo'lib qolganlarida ham hujum qilishdan charchashgani yo'q. Biz esa o'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz. Keyingi uchrashuvlada ham muxlislarni chiroyli g'alabalarimiz bilan xushnud etishga harakat qilamiz.  

SH.Arveladze: Bu muhim o'yinga tayyorgarlik ko'rishda ikkala murabbiyga ham oson bo'lgani yo'q. O'n uch nafar futbolchimiz terma jamoa ixtiyorida bo'ldi. Ular 12 sentyabr kuni ixtiyorimizga etib kelishdi. "Navbahor" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan bir kun oldingina safimizga qo'shilishdi. "Lokomotiv"da ham xuddi shunday holat edi. Aytmoqchi bo'lganim, tarkibning to'liq bo'lmaganligi sabab biz murabbiylar mashg'ulotlarni to'laqonli tarzda olib borolmaymiz. Masalan, zaxiramizda qolib ketayotgan Yaxshiboevni oling. U yigirma kun davomida olimpiya terma jamoasi ixtiyorida bo'ldi. Lekin jarohati sabab o'yinlarda ishtirok etmadi. O'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Men Jamshid Iskanderov va boshqa futbolchilarimizning ham asosiy tarkibda o'ynashlarini istayman. Lekin maydonda faqat 11 futbolchining xizmatidan foydalana olaman. Raqobatning bo'lgani yaxshi.   

- CHeran haqida qanday fikrdasiz?

SH.Arveladze: So'nggi o'yinlarda gol ura olmayotgan bo'lsada, o'z xatti-harakatlari bilan jamoamizning muvaffaqiyatiga xissa qo'shib kelyapti. CHeranning nimaga qodir ekanligini yaxshi bilaman. U o'zining muhim gollari bilan hali "Paxtakor" g'alabalariga muhim xissa qo'shadi. Bugun "Lokomotiv" jamoasi ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Faqat o'sha qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat ko'p narsani o'zgartirib yubordi. O'yinning kulminacion nuqtasi aynan chetlatish holati bo'ldi deyish mumkin. To'g'ri, biz g'alabani saqlab qolishimiz mumkin edi. Lekin bu darajada yirik hisob qayd etilmasdi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика