So’nggi yangiliklar

18:41Суперлига. "Бухоро" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  6 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  0 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  10 18:30Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" (матнли транлсяция)  6 18:05Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  13 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  47 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0

SHota Arveladze: "CHempionlik sari yana bir qadam tashladik" Yangiliklar

SHota Arveladze: "CHempionlik sari yana bir qadam tashladik"

Superliga 21-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Paxtakor"(1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze fikrlarini bildirib o'tdi.




"Qishki havoda birinchi o'yinni o'tkazdik. Bugun havo ancha sovuq bo'ldi. Endi yanada ko'proq yugurish kerak. Bu maydonda o'ynash oson emas. Mezbonlarga ham bunday maydonda o'ynash xush kelmagan kerak deb o'ylayman. Maydon holati achinarli. Tez va chiroyli o'yin ko'rsatish qiyin. O'yinni nazorat qildik, ishonchli harakatlandik. To'rtta chiroyli gol urdik. Mezbonlarda goldan tashqari yaqqol vaziyatlar bo'lmadi. CHempionlik sari yana bir dadil qadam tashladik",- deydi SHota Arveladze.

- Bugun uchrashuv nazoratchi hakamiga ko'p etiroz bildirdingiz...

- Barchasi hissiyot sabab. Har bir o'yindan keyin hissiyotlarga berilib ketganim sabab uzur so'rayman. U yonimda bo'lgani uchun o'yinni muhokama qildim. Diyor Holmatovni yaxshi debyut bilan tabriklayman. U ilk bahsdayoq hafta golini urishga erishdi. Bizda iqtidorlar bor va ular o'sib borishi kerak.

- Mavsum yakunlanishiga beshta tur qoldi. "Paxtakor"ni chempion deb hisoblaysizmi?

- Biz bu borada yaxshi imkoniyatga egamiz. "Mashal"da yaxshi jamoa va tizim shakllangan. Bu jamoaga omad tilayman. Bu klubdan ajoyib o'yinchilar etishib chiqqan.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика