So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

SHota Arveladze: "Afsuski "Navbahor" bilan o'yinlarda futboldan ko'ra janjallar ko'proq bo'lmoqda" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Afsuski "Navbahor" bilan o'yinlarda futboldan ko'ra janjallar ko'proq bo'lmoqda"

"Paxtakor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

"Afsuski "Navbahor"ga qarshi o'yinlarda doim futbol emas ko'proq janjallar bilan o'tadi. To'qnashuvlarga juda ko'p vaqt yo'qotamiz. Har bir aut yoki burchak to'pi uchun futbolchilar o'rtasida bahs bo'ladi. "Navbahor" bugun asosan himoyalandi va qarshi hujumga o'tdi. Biz to'pni ko'proq o'zimizda ushladik va o'yinni nazorat qildik. Raqib posboni bir necha bor jamoasini gollardan qutqardi.

Raqibga, uning muxlislariga doim hurmat bilan munosabatda bo'laman.

Bugun "Al Hilol"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik bo'lmadi. Qanday qilib O'zbekiston chempionati o'yini orqali OCHL bahsiga tayyorlanish mumkin? "Navbahor"ga qarshi bahsdan keyin "Al Hilol" haqida o'ylashni boshlaymiz.



"Navbahor" OCHLda o'ynashga qodirmi? O'zbekistonda OCHLda o'ynay oladigan 5-6ta klub bor. "Navbahor" ham ular qatorida.

Umuman olganda "Paxtakor" bugun haqli tarzda g'alabaga erishdi deb o'ylayman. Ikkinchi golni 10 kishiga 10 kishi qolganda urdik.

Sidiqov va Komilov umumiy guruhda to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazishga deyarli tayyorlar. Taxminan 3-4 haftadan so'ng ular to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazishadi.

So'zim oxirida "Navbahor" muxlislariga oq yo'l tilab qolmoqchiman. O'tgan yil ushbu klub muxlislari Toshkentdan qaytayotganda avtohalokat sodir bo'lgandi, bugun uzoq yo'l bosib kelganlarga rahmat aytaman va ular eson omon uylariga etib olishlarini tilayman", - dedi SHota Arveladze.


Tez orada Andrey Kanchelskis va SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumanini to'liq holda saytimizda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика