So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

“SHo'rtan”ning tayyorgarliklari avjida Yangiliklar

“SHo'rtan”ning tayyorgarliklari avjida

O'zbekiston Birinchiligi-2014da qatnashayotgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi birinchi bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi bosqichga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.
“SHo'rtan” PFK matbuot xizmatining rahbari Tolibjon Qosimovning bizga bergan malumotlariga ko'ra, ayni paytda “oq bo'rilar”, bosh murabbiy Muxtor Qurbonov, yordamchi murabbiy Zoir To'raqulov va darvozabonlar murabbiyi Erkin Mirzaevlar boshchiligida Toshkent viloyatining CHorvoq oromgohida mavsumning keyingi bosqichiga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mashg'ulotlar asosan jamoa azolarining jismoniy holatini kuchaytirishga qaratilgan.

Tayyorgarliklar 2 avgustgacha ana shu erda davom ettiriladi. 22 iyuldan keyingi bosqichga tayyorgarlik yig'inini boshlagan jamoa 23 iyul kuni Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan ham o'tishdi. Jamoani hozircha hujumchi Muqim Toshmatov tark etgan. SHuningdek jamoada to'rt nafar yangi o'yinchi ham ko'rikdan o'tmoqda, ammo hali bu o'yinchilarni jamoada qolish yoki qolmasligi to'liq hal etilmagan.

Murabbiylar rejasi bo'yicha, tayyorgarliklarni keyingi bosqichi, yani 2 avgustdan 8 avgustgacha Toshkent shahrida davom ettiriladi, shundan so'ng tayyorgarliklar G'uzorga ko'chiriladi. O'zbekiston Birinchiligi bo'yicha navbatdagi bosqich uchrashuvlariga hali qura tashlanmagan, taxminiimizcha ikkinchi bosqich uchrashuvlari 16 avgustlarda boshlanishi kutilmoqda.

“SHo'rtan” jamoasi muxlislarning xabari bor, jamoa O'zbekiston birinchiligining G'arb mintaqasida 62 ochko to'plab, yakka peshqadamlik qilmoqda, shuni aytish joizki, jamoaning asosiy vazifasi keyingi yilda o'z ishtirokini Oliy ligada davom ettirish. Hozirdan barcha harakatlar ana shu maqsadga erishishga qaratilgan.

Kuni kecha “SHo'rtan” jamoasi Toshkent viloyatining “Do'stlik” stadionida Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda har ikkala jamoa asosiy o'yinchilarini maydonga tushirishdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi “oq bo'rilar” goliga Aleksandr Vostrikov mualliflik qildi.

Navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi Namangannnig “Navbahor” jamoasiga qarshi 30 iyulda o'tkaziladi. Ushbu uchrashuv ham “Do'stlik” stadionida bo'lib o'tadi.

Ko'rinib turibdiki, jamoa o'z kuchini endi Oliy liga jamoalari bilan sinab ko'rmoqda.

SHuningdek Tolibjon Qosimov iltimosiga ko'ra, barcha yurtdoshlarimizni va futbol ishqibozlarini bugungi Muborak Ramazon Hayiti bayrami bilan “SHo'rtan” PFK mamuriyati nomidan qizg'in muborakbod etamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика