So’nggi yangiliklar

18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  7 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  12 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  4

“SHo'rtan”da uyg'onish davri. Klub yana o'z akademiyasiga etibor berishni boshladi Yangiliklar

“SHo'rtan”da uyg'onish davri. Klub yana o'z akademiyasiga etibor berishni boshladi

Teglar :  SHo'rtan
Yaqin ikki yil “SHo'rtan” uchun oson bo'lmadi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi klubdagi muammolar, qarzdorliklar masalasida jiddiy ish olib borishiga to'g'ri keldi. 

Uzoq yillar davomida “Nasaf” futbol klubi tizimida ishlagan, klub akademiyasini ko'tarish, stadionni zamonaviy ko'rinishga keltirish kabi masalalarda jonbozlik ko'rsatgan mutaxassis SHamil Yarulin “SHo'rtan”da ish boshlagach, muammolar hal etila boshlandi. 

Bugunga kelib “SHo'rtan” barcha qarzlaridan qutilgani etiborga molik. SHuningdek, o'tgan mavsum tamirdan chiqqan akademiya binosi foydalanishga topshirildi. Albatta pandemiya davrida “SHo'rtan” klubiga qarashli baza va akademiyalarga oson bo'lmadi. Viloyat hokimiyati uning ayrim obektlaridan shifoxona sifatida foydalandi. 

O'tgan haftada “SHo'rtan” va nihoyat akademiyani isloh qilishga keng urg'u bera boshladi. Klub birinchi navbatda yosh futbolchilarni kiyim-bosh bilan taminladi. Endilikda akademiyaning barcha yosh futbolchilari kishi havasini keliradi — ularning egnida bir xilda sport formasi bor. 

Klub akademiya faoliyati bilan tanishtirish, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish va mashg'ulot jarayonlari haqida batafsil malumot berish niyatida yosh futbolchilarning ota-onalarini ham taklif qildi. 

Ayni vaqtda “Hududgaztaminot” AJ uzoq yillar muammolar girdobida qolib ketgan “SHo'rtan”ga katta amaliy yordam berib kelayotgani etiborga molik. O'z navbatida O'zbekiston Professional futbol ligasi bu borada tashkilotga minnatdorchilik bildiradi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика