So’nggi yangiliklar

09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  1 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  7 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  5 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  11 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  4 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  7 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  5 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  32 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  7 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2

“SHo'rtan”: Islom Boysariev maydonga qaytdi Yangiliklar

“SHo'rtan”: Islom Boysariev maydonga qaytdi

“Oq bo'rilar” jamoasining yosh, umidli futbolchilaridan biri Islom Boysariev o'tgan 2018 yilgi mavsumda o'zining intilishi, izlanishi va sai-harakatlari bilan murabbiylar ishonchini oqlagan holda asosiy tarkibdan muqim joy olib ulgurgan edi.

Afsuski, o'tgan yili safarda “Orol” (Nukus)ga qarshi uchrashuvda kutilmaganda jarohat olib, malum vaqt davomida davolanib tiklanish jarayonini o'tkazdi. Uning jarohat olish voqeasi hatto O'zbekiston Futbol Associaciyasining yil yakunlariga bag'ishlangan bayram tadbirida ham etirof etildi.

SHukurki, barcha ko'ngilsizliklar ortda qoldi va umidli futbolchimiz yangi mavsum boshidayoq safga qaytdi. “SHo'rtan” klubining 2019 yilgi mavsumi qaydnomasiga kiritildi va O'zbekiston Professional Futbol Ligasidan ro'yxatdan o'tkazildi.

1 iyun kuni O'zPFL tomonidan yangi tashkil etilgan Liga Kubogi musobaqasi 1-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “SHo'rtan” - “So'g'diyona” bahsining 67-daqiqasida murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirildi. SHuni alohida takidlash joizki, Islom Boysariev orada yuzaga kelgan tanaffusga qaramay o'z jismoniy holatini yaxshi saqlagani va tayyorgarligi ham talabga javob berishini maydonda isbotlab qo'ydi. Hujum chizig'ida harakatlangan yosh o'yinchimiz, bahsning qolgan qismida Superliga vakili - “So'g'diyona” jamoasi himoyachilari va ayniqsa, darvozabon SHirinboy Abdullaevni bir necha marotaba hushyor turishga majbur qildi.

Bosh hakam tomonidan ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan so'nggi daqiqalarda esa Jizzaxliklar darvozasi tomon berilgan kuchli zarbasi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Agarda zarba gol bilan yakunlanganida, Islom Boysariev shubhasiz uchrashuv qahramoniga aylanar edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика