So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  1 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

"SHo'rtan" - "Buxoro" uchrashuvida Ravshan Ermatov ishlamaydi Yangiliklar

"SHo'rtan" - "Buxoro" uchrashuvida Ravshan Ermatov ishlamaydi

Oliy liganing navbatdagi turida "SHo'rtan" o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi bahs olib boradi.

PFL kecha 24-tur uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar brigadasini elon qildi. Unga ko'ra, "SHo'rtan" - "Buxoro" bahsiga Ravshan Ermatov bosh hakam etib tayinlangandi. Ammo oradan ko'p o'tmay, uchrashuv bosh hakami o'zgargani malum qilindi. Bu haqda "SHo'rtan" rasmiy sayti xabar tarqatdi. 

"10 oktyabr kuni Sidneyda bo'lib o'tgan Avstraliya va Suriya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 saralashining pley-off bosqichi javob uchrashuvini boshqargan Ermatov jarohat oldi. SHu sababli, “SHo'rtan” – “Buxoro” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlangan Ravshan Ermatov o'rniga jamoamizning 24-tur doirasidan o'rin olgan bahsini boshqarish Viktor Serazetdinovga topshirildi", deya yozadi klub sayti. 

SHunday qilib, G'uzordagi o'yinni quyidagi hakamlar boshqarib borishadi. 

Oliy liga. 24-tur. 14.10.2017 yil.
SHo'rtan (G'uzor) – Buxoro (Buxoro)

Bosh hakam: Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov (ikkalasi ham Toshkent shahridan)
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Sardor Nadjafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: Roman CHernikov

Eslatib o'tamiz, 14 oktyabr kuni G'uzor “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadigan “SHo'rtan” – “Buxoro” uchrashuvi soat 16:45da start oladi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика