"SHo'rtan" "Bunyodkor" maydonida tarixiy natija qayd etdi. Jamoa bu ishni ilk bor uddaladi
15 apr 2024 11:37
Yangiliklar
"SHo'rtan" "Bunyodkor" maydonida tarixiy natija qayd etdi. Jamoa bu ishni ilk bor uddaladi
Kecha O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi Toshkentda "Bunyodkor" maydoniga safar uyushtirdi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda hisob ochilmadi. SHu tariqa, "SHo'rtan" Kubokda tarixda ilk bor "Bunyodkor"dan ochko oldi. Bungacha ikki jamoa mamlakat kubogida 6 marotaba to'qnash kelgan, ularning barchasida "qaldirg'ochlar" g'alaba qozongandi. "Bo'rilar" esa "Bunyodkor" maydonida so'nggi bor chempionat doirasida 2010 yil ochko qo'lga kiritgan. O'shanda Denilsonning goliga Zayniddin Tojiev javob qaytargandi (1:1).
Malumot uchun, "Bunyodkor" navbatdagi uchrashuvni 21 aprel kuni o'z maydonida "Qiziriq" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "SHo'rtan" esa "Jayxun" bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar