So’nggi yangiliklar

23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  2 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  19 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  19 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  98 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  42 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  691 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: "Ўзбекистоннинг 12-футболчиси" ўйинга тайёр   3 17:45ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон: Асосий таркиблар маълум  44 17:37Ўзбекистон - Эрон: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  3 17:28Саутгейт: "Яқин бир йилда мени кутманг"  2 17:00Сиаваш Ҳақназари: "Бугун очиқ ва ҳужумкор футбол гувоҳи бўламиз"  6

“SHo'rtan” 15 avgustgacha Asror Aliqulov bilan hisob-kitob qilishi shart Yangiliklar

“SHo'rtan” 15 avgustgacha Asror Aliqulov bilan hisob-kitob qilishi shart

G'uzorning “SHo'rtan” futbol klubi istefoga chiqarilgan bosh murabbiy Asror Aliqulovning o'rniga yangi mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkaza olmayotgani haqida avval xabar berib o'tilgandi.

Sababi, endilikdagi sobiq bosh murabbiy Asror Aliqulov “SHo'rtan”dan pullarini to'liq olib ulgurmagan.

Mana shu davr davomida “SHo'rtan” 4 ta uchrashuvni bosh murabbiysiz o'tkazishga majbur bo'ldi va jami 9 ochko yo'qotdi. Sir emaski, FIFA talabi bo'yicha G'uzor klubidan 3 ochko ham olib tashlangandi.

Aniqlanishicha, “SHo'rtan” 2012—2017 yillar davomida futbolchi sifatida, 2018 yilning fevralidan boshlab, to 12 mayigacha esa murabbiy sifatida ishlagan Asror Aliqulovdan qarzdor. Qarzdorlik 2012 yil holatlariga ko'ra ham chiqib keldi.

Odatda FIFAga legioner futbolchilar davo arizasi bilan chiqadi. O'zbekistonlik futbolchi va murabbiylar esa dodini kimga aytishni bilmaydi. Mamlakat futbolida endilikda bu kabi ishlarga qarshi kurashiladi. SHundan kelib chiqib, “SHo'rtan” rahbariyatining oldiga jiddiy talab qo'yildi.

Bugun — 6 iyun kuni “SHo'rtan” hamda Asror Aliqulov o'rtasidagi qarzdorlik masalasi ikki tomon ishtirokida muhokama etildi hamda G'uzor klubining umumiy qarzi aniqlandi. Bosh murabbiy zaruriyati yuzasidan “SHo'rtan” rahbariyati 15 avgust sanasigacha muhlat so'radi hamda PFLga kafolat xati taqdim etdi. Mana shu muddat ichida klub Aliqulov oldidagi qarzlaridan qutilishi shart.

Belgilangan muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, G'uzor klubiga qarshi PFL tomonidan sankciyalar qo'llaniladi. Yani, endilikda ishga FIFA aralashishi kutib o'tirilmaydi.

Bu kabi ishlardan Superliga hamda Pro-Liga klublari ham xabardor bo'lsinki, endilikda ko'chaga haydalgan murabbiylar va futbolchilar oldidagi qarzdorlik uzilmaguniga qadar, PFL ishni yopmaydi. Futbolchilar uchun javobgar murabbiy bo'lgani kabi, ayni bir murabbiyni tanlab olgani uchun klub rahbariyati ham javobgar bo'lishi shart. Murabbiylar ham, rahbarlar ham selekciya ishlarini olib borsin, aql bilan ish yuritsin va turli g'irromliklardan chetda bo'lsin.

PFL yillar davomida beparvo bo'lgani sabab, qator futbolchi va murabbiylar bir necha yillik qarzdorliklar yuzasidan klublari bilan sudlashib yuribdi. Kelajakda ham shunday ishlar davom etmasligi uchun qadam hozirdanoq qo'yilishi shart.

Biz “SHo'rtan” klubining yangi murabbiylar shtabiga omad tilaymiz va ulardan o'z haqlariga pishiq-puxta bo'lishlarini so'raymiz.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика