SHomurodovning transfer narxi o'zgarishsiz qoldi. Osimxen – A Seriyaning eng qimmat futbolchisi
22 mar 2023 09:40
Yangiliklar
SHomurodovning transfer narxi o'zgarishsiz qoldi. Osimxen – A Seriyaning eng qimmat futbolchisi
Transfermarkt Italiya chempionatidagi futbolchilarning yangi narxlarini elon qildi.
Unga ko'ra, “Napoli” forvardi Viktor Osimxen A Seriyaning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchisiga aylandi – 100 mln evro (+30 mln qo'shilgan). Undan keyingi o'rindan jamoadoshi Xvicha Kvaracxeliya (85 mln evro) joy olgan va kuchli uchlikka “Inter” hujumchisi Lautaro Martines yakun yasagan – 80 mln evro.
“Yuventus” xavbek Pol Pogba va “Inter” azosi Romelu Lukaku transfer narxi keskin tushganlar qatorida: francuzda 20 mln evro (-15 mln), belgiyalikda 40 mln evro (-15).

“Speciya”da ijara asosida o'ynayotgan “Roma” futbolchisi Eldor SHomurodovning narxi esa hali hamon 7 mln evroni tashkil etmoqda. Noyabrdagi yangilanishda uning transfer bahosi 1 mln evroga pastlagandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar