SHomurodov agenti Eldorning "Roma"dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi
26 iyu 2022 21:11
Yangiliklar
SHomurodov agenti Eldorning "Roma"dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi
ProSports Management vakili Qahhor Mo'minov mijozi Italiyaning "Roma" klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar borasida fikr bildirdi.
"Transfer oynasi vaqtida turli variantlar va talqinlar paydo bo'ladi. Hozir faqat bir narsani aytishimiz mumkin: Eldor – "Roma" futbolchisi. Qolgan barchasi matbuotdagi taxminlar xolos", – dedi Mo'minov.
"O'zgarishlar bo'lishi mumkinmi? Bu erda men hech narsani istisno qilolmayman", – deya qo'shimcha qildi agent.
Oldinroq Italiya OAV "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu go'yoki bo'lajak mavsumda SHomurodovdan umid qilmayotgani haqida xabar bergandi.
SHomurodov rimliklar tarkibida 39 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Forvard "Roma"ga qadar "Jenoa", "Rostov" va "Bunyodkor" klublarida to'p tepgan.
Ayni paytda ekspertlar SHomurodovni 8 million evroga baholashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar