Eldor SHomurodovning agenti: "Eldor "Roma"da qoladi"
01 sen 2022 20:42
Yangiliklar
Eldo SHomurodovning transferi bilan shug'ullanadigan "ProSportsManagement" kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qilayotgan Qahhor Mo'minov Championat.asia nashriga o'zbekistonlik hujumchining kelajagi haqida fikr bildirdi.
- Eldorning "Roma"da qolgani rostmi?
- Ha, shunday. "Roma" biz bildirgan va to'g'ridan-to'g'ri klubga kelgan takliflarni ko'rib chiqishdan bosh tortdi. CHorlovlar iyun, iyul oylarida va hattoki transfer oynasining oxirgi kunlarida ham bor edi. Bizga SHomurodovning ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga ketgani maquldek tuyulgandi. Biroq "Roma" matbuotda turli malumotlar elon qilinganiga qaramay, Eldor ularning sport loyihasining bir qismi ekanligini takidlab keldi. Buning ijobiy tomonlarini ko'rishga harakat qilamiz.
- Sir bo'lmasa SHomurodov borasida qaysi klublar murojaat qilishgan?
- Ro'y bermagan jarayonlarga izoh bera olmaymiz, - deydi Qahhor Mo'minov.
OAV xabarlariga ko'ra, Eldor SHomurodovga Italiya, Germaniya va Angliya klublari qiziqish bildirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar