SHomurodov "Roma"dan ketadimi? Futbolchining o'zi javob berdi
27 dek 2021 10:42
Yangiliklar
SHomurodov "Roma"dan ketadimi? Futbolchining o'zi javob berdi
O'zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov Italiya klubidagi holati haqidagi savolga javob berdi.
- Joze Mourinyu sizni ko'p zaxirada qoldirayotganidan keyin turli xabarlar chiqa boshladi. "Jenoa"ga qaytishingiz mumkinligi, "Sevilya"dan taklif borligi va hokazo. Boshqa jamoaga o'tishingiz mumkinmi?
- "Roma"ga o'tishimdan oldin qaerga kelayotganimni bilardim. Xohlaymizmi yoki yo'qmi kuchli klubda o'z o'rning uchun kurashishing kerak. Bunday gap-so'zlar chiqishi birinchi marta emas "Rostov"da ham boshida shunday bo'lgan, "Jenoa"da ham. Lekin hammasida yaxshi o'xshagan. Bu erda ham oxirigacha qolib o'z o'rnim uchun kurashaman, - dedi 2021 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi Eldor SHomurodov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar