So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

SHohruz Norxonov: "So'g'diyona" ertangi o'yinga 100% tayyor" Yangiliklar

SHohruz Norxonov: "So'g'diyona" ertangi o'yinga 100% tayyor"

"So'g'diyona" futbolchisi SHohruz Norxonov OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Norxonov jamoasining ertangi o'yinga tayyorgarligi hamda "So'g'diyona"ning maqsadlari haqida gapirdi.

"Ertangi o'yinga butkul tayyormiz. Xudo xohlasa, yaxshi natija qayd etgan holda O'zbekistonga yorug' yuz bilan qaytamiz. Uchrashuvning 15:30 ga belgilangani ikkala jamoaga ham qiyinchilik tug'diradi. SHunga qaramay, bor kuchimizni namoyish etgan holda g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz. "So'g'diyona" uchta turnirda kurash olib bormoqda. Bu biroz qiyinchilik tug'diradi. Sababi chempionat bahslari qisqa vaqt oralig'ida bo'lib o'tmoqda. SHunga qaramay, zaxirada ham asosiy tarkibdagilarning o'rnini bosadigan futbolchilar etarlicha. Murabbiylar ushbu o'yinchilardan ham kezi kelganda foydalanishmoqda. SHu bois, OFK kubogi, Superliga va O'zbekiston kubogida ko'ngildagi natijaga erishish uchun harakat qilamiz", — dedi o'zbekistonlik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, SHohro'z Norxonov OFK kubogining guruh bosqichida 2 ta gol urishga erishgandi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика