So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  0 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  1 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

SHohrux Gadoev qaysi antiqa rejasini sir saqlamoqda? Yangiliklar

SHohrux Gadoev qaysi antiqa rejasini sir saqlamoqda?

"Bunyodkor" vingeri SHohrux Gadoev O'zbekiston kubogi finali oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Lokomotiv"ga qarshi final uchrashuviga yaxshi maromda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Kayfiyat ancha zo'r. Biz bir jamoa bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarib mavsumning eng muhim bellashuviga jiddiy yondoshyapmiz.
O'zbekiston kubogi final bahsini bemalol "yil o'yini" desam ham bo'ladi.

Finalda birgina Gadoev emas, butun jamoa o'ynaydi. SHu boisdan ham finalda jamoaviy o'yinga tayanib harakat qilamiz. Bizda jamoviy o'yin yaxshi shakllangan. Hamma futbolchi bir-birini yaxshi tushunadi.
Agarda jamoam g'alabasiga hissam tegsa bundan albatta benihoyat xursand bo'lardim.

To'g'ri, 2 yil avval O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgandim. "Bunyodkor"ning hozirgi tarkibidan faqat Zuhurov, Ibrohimov, G'ofurov va menda O'zbekiston kubogi sovrini bor. Ko'pchilik yosh futbolchilarda esa ushbu sovrin yo'q. Finaldan keyin esa barcha futbolchilarda ushbu sovrin bo'lishiga umid qilamiz.
Barcha futbolchi o'z nomini tarixga muhrlab qo'ygisi keladi.

Finalda har qanday jamoa bor kuchi bilan harakat qiladi. Kim ko'proq g'alabani istasa va qaysi jamoa yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'sha jamoa yakunda g'alaba qozonadi. O'zbekiston kubogi kimga nasib etishini vaqt ko'rsatadi.

Finalda gol ursam-u, jamoam g'alaba qozonsa, unda buni antiqa uslubda nishonlash rejam bor. Qanday reja ekanligi hozircha sir bo'laqolsin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика