SHohruh Ishanov: "Jamoamiz 2005 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat"
15 apr 2022 20:42
Yangiliklar
SHohruh Ishanov: "Jamoamiz 2005 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat"
- O'yin haqida
- Avvalo, "SHo'rtan"ni yutuq bilan tabriklayman. Jamoamiz yigitlari bor kuchlarini sarflashdi, bu uchun rahmat. Ochiq o'yin ko'rsatdik. "Olimpik" bilan bahsda himoyaviy o'yin ko'rsatgandik. Ochiq futbol ko'rsatganimiz bois raqib bizni 3 ta gol bilan jazoladi.
- Tarkib yosh futbolchilardan tuzilgan. Bugun ularga jon-jahdingiz bilan ko'rsatma berdingiz. Jamoa rahbariyati oldingizga qandaydir maqsad qo'yganmi?
- Yo'q. Bizda vazifa yo'q. Albatta, har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Jamoamiz 2005 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat. Bu – futbol. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Bugun mag'lub bo'ldik, demak, raqibning omadi keldi va g'alabaga erishdi.
- Birinchi golda darvizabonga keskin etiroz bildirdingiz. O'sha vaziyatda kim aybdor edi?
- O'yinda butun jamoa harakatlanadi. Kimnidir ayblash qiyin. Futbolda darvozabon bitta qarorga keldimi, uni oxirigacha bajarishi kerak. U oldinga chiqdi va ortga qaytib ketdi. Birinchi to'p uniki edi. U hujumchi bemalol zarba berishiga yo'l qo'yib berdi.
- Birinchi taymning o'zida o'zgarishga qo'l urdingiz, yani hujumchi o'rniga yarim himoyachini maydonga tushirdingiz. Bu hisob yiriklashib ketmasligi uchun qilindimi?
- Yarim himoyachi ham, hujumchi ham 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar, shuning uchun ularni tezroq almashtirish kerak edi. Bunaqa katta maydonga biz birinchi marta o'ynayapmiz. SHuning uchun tez-tez o'zgarish qilib turishim kerak, hamma yigitlarga imkoniyat berishim kerak. Ular professional futbol havosidan nafas olib ko'rishlari zarur.
- Bir holat etiborimizni tortdi. Jamoada bir nafar tibbiyot xodimi bor ekan. Og'ir o'yinlarda bu kamlik qilmaydimi? Murabbiy sifatida qo'shimcha tibbiyot xodimlarini jalb qilishni so'ramaganmisiz?
- Jamoamiz yangi tashkil topgan. Kamchiliklarni sekin-sekin bartaraf etib boryapmiz. Rahbariyat tomonidan tajribali shifokor jalb qilingan. Bizning zimmamizda faqat yaxshi o'yin ko'rsatish qolyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar