So’nggi yangiliklar

13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  0 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  2 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  2 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  0 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  2 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  4 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0

"SHirshov maydonda oyog'ini olib qochmaydigan haqiqiy jangchi edi" - Andrey Akopyanc Yangiliklar

"SHirshov maydonda oyog'ini olib qochmaydigan haqiqiy jangchi edi" - Andrey Akopyanc

Nikolay SHirshovning vafot etishi nafaqat muxlislarga, balki u bilan birga to'p tepgan futbolchilarga ham og'ir botdi.

O'tmishning taniqli ijrochilaridan biri Andrey Akopyanc saytimizga bu boradagi xotiralai va fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"U bilan birinchi tanishganimizda 17 yoshda edim. Men Kolyaning akasi Dima bilan do'stona munosabatda bo'lganman. Qaysidir kuni Dimaning uyiga bordik. SHirshov ham uyda edi. O'shanda u allaqachon "Paxtakor" tarkibida o'ynashni boshlagandi. Jamoaning yulduzi hisoblanardi. Tez orada men ham tarkibga jalb qilindim. SHu tariqa birga o'ynashni boshladik",- deydi Akopyanc.

"Futbolchining eng muhim fazilati fidoyilikdir. Nikolay maydonda hech qachon oyog'ini olib qochmaydigan haqiqiy jangchi bo'lgan. Doim g'alaba qozonishni istardi. CHap oyoq bilan yaxshi texnik zarbaga ega edi. SHaxsan men uchun doim quvnoq inson bo'lib qoladi. Bir-birimizni ko'rganimizda ko'pincha kulguli suhbatlar bo'lardi. Yordamimizni ayamasdik. Ochig'ini aytganda hazil va tabassum qilishni yaxshi ko'rardi, deya olaman. Hozir bu haqida gapirish men uchun juda qiyin",- deydi sobiq futbolchi.

Nikolay SHirshovning vafot etgani sababi ko'pchilikni qiziqtirdi. Keyinchalik unda tromblarning yorilishi tashxisi qo'yildi. Suhbatdoshimiz Andrey Akopyanc bu bilan bog'liq kichik malumotni aytdi. 

"Yozda mikroinsultni boshidan o'tkazdi. Men unga o'zini extiyot qilishini va asrashini so'radim. Esimda, bir martta Kolya Rostov kasalxonasida yotganida tushlikka barcha bemorlarga palov tarqatishdi. U hamshiradan hazil tariqasida oshpazni chaqirishini iltimos qildi. Oshpazga qarata: "Palov nimaligini bilasizmi?",- deb so'radi. Keyin esa o'zi oshxonaga borib palov pishirishini aytdi. Ushbu taomni juda yaxshi pishirardi. O'shanda kasalxonada o'zini ijobiy tomondan ko'rsatgandi. Uning ketishi bizni xayratda qoldirdi",- deydi Andrey Akopyanc

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика