So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  10 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

SHirmonbuloq futboli Yangiliklar

SHirmonbuloq futboli

Teglar :  SHirmonbuloqFutbol
Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida ulkan islohotlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini o'zlariga dasturilamal qilib olgan O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan zalvorli ishlarga qo'l urilyapti.

Bu yilgi mavsumda oliy va quyi liga chempionatlarimiz — Superliga va Pro-ligaga bo'lgan qiziqish ancha o'sdi. Ochig'ini tan olish kerak, ishqibozlarning futbolga qarashi ijobiy tomonga o'zgardi.

Ammo shuni unutmaslik kerakki, “Millionlar o'yini” rivoji uchun nafaqat futbolga daxldor tashkilotlar, balki barcha birdek hissa qo'shishikerak. Quvonarlisi, bu borada ham kunda-kunora saytlar orqali viloyatlarimizda bolalar o'rtasida birinchiliklar, mahalla yoshlari o'rtasida musobaqalar, tashkilot va korxonalar xodimlari o'rtasida turnirlar, faxriylar musobaqasi, boringki, har bir sohada futbol jamoalari tashkil qilinib, o'zaro bellashuvlar o'tkazilayotganini eshitib, futbolimiz kelajagiga ancha umid uyg'ondi.
Mubolag'asiz aytish mumkinki, xayrli ishga qo'l urib, qishloq ahlini sog'lom turmush tarziga targ'ib qilayotgan, yoshlarni turli yomon yo'llarga kirib ketishning oldini olayotgan fidoyi insonlar ham ko'p.

Andijon viloyati Buloqboshi tumani SHirmonbuloq qishlog'ida ham “Giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida yoshlar va kattalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha 20ga yaqin jamoa ishtirokida davraviy chempionat o'tkazib kelinmoqda. Tashkilotchilardan biri SHerzodbek Alibekov, bunday musobaqalarni muntazam ravishda yurtimizning barcha shahar, qishlog'ida, bir so'z bilan aytganda, har bir hududda o'tkazish o'zbek futbolining o'z o'rniga ega bo'lishi uchun asosiy omil bo'lib xizmat qilishini takidlab o'tdi.
Albatta, bunday ezgu niyatlar ijobat bo'ladi. SHunday kichik turnirlar orqali dunyo yashil maydonlari talabi darajasidagi yulduzlar etishib chiqsa, ajab emas!


Ahmadbek ESHMATOV


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика