So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

SHin Tae Yong: "O'zbekistonlik muxlislarga ham rahmat" Yangiliklar

SHin Tae Yong: "O'zbekistonlik muxlislarga ham rahmat"

Teglar :  SHin Tae Yong
O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHin Tae Yong matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun biz durang qayd etib Jahon chempionatiga chiqdik. Ketma ket to'qqizinchi marta Janubiy Koreya mundialga yo'l oldi. Hozir yurtimizda yarim tun, shunga qaramay xalqimiz final xushtagini kutib o'tirishdi. O'zbekistonlik muxlislarga ham rahmat aytaman, ular bizni qo'llab quvvatlashdi, - deydi SHin Tae Yong.

- Bugun JCHga yo'llanma qo'lga kiritildi, ammo jamoaingiz gol ura olmadi. Nimani kuchaytirish kerak?

- Biz bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik. Terma jamoaga yaqinda keldim. Oldinda 9 oy vaqt bor. Biz mundialga munosib tayyorgarlik ko'ramiz. O'zbekiston ham bugun yaxshi o'ynaganini aytish kerak.

- Sizga eng qiyini nima bo'ldi?

- Terma jamoaga kelganimda Eron bilan o'ynadik. Biz hujumkor o'yin ko'rsatishga urindik, maqsadimiz yutqazmaslik edi. Asosiysi natija edi.

- Birinchi va ikkinchi taym mutlaqo turlicha bo'ldi, buni tushuntirib bering.

- Birinchi taymda shoshmaslik kerakligini aytdim. Ikkinchi taymda jismoniy holati pasayganini ko'rdim. Biz gol urishga urindik.

- O'zbekiston terma jamoasi mana nechanchi marta mundialdan chetda qolmoqda. Mutaxassis sifatida O'zbekistonga nima etishmaydi deb o'ylaysiz? Murabbiymi, g'oliblik ruhiyatimi yoki futbolchilarmi?

- Bu jamoaga qarshi uchinchi bor to'qnash keldim. Mahorat etarli, mentalitetni bilmayman shu bois bu savolga aniq javob bera olmayman.

- O'yin vaqtida Eron va Suriya uchrashuvi natijasini bilib bordingizmi?

- Futbolchilar bilishmadi, faqat men hisob 2:1 ekanligini va Eron yutayotganini eshitdim. Ammo keyinroq bahs 2:2 hisobida tugadi deyishdi.

- Siz jamoaga kelgach ikki marta 0:0 hisobi qayd etildi. Hujumda muammolar bormi?

- Birinchi navbatda himoyani o'ylash kerak. Rossiyadagi mundialda Koreya hujumkor o'ynaydi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика