De Yong: "Ko'plar uchun Ispaniya favorit, ammo men bunday hisoblamayman"
20 mar 15:36
Yangiliklar
De Yong: "Ko'plar uchun Ispaniya favorit, ammo men bunday hisoblamayman"
Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniyaga Millatlar ligasi o'yinidan oldin ispanlarni favorit deb hisoblamasligini qayd etdi.
"Ko'plar uchun Ispaniya favorit, ammo men bunday hisoblamayman. Albatta, ular juda yaxshi, ammo biz ushbu o'yinni ajoyib qilishga tayyormiz.
Lamin Yamal juda yaxshi. Uni tug'ma iqtidor va yuqori darajadagi o'yinchi deb hisoblayman. Ularga qarshi jamoa bo'lib himoyalanishimiz muhim.
Doim yana maydonga chiqish ajoyib. Bu haqda oldin umuman xavotirlanmaganman. To'pig'imni davolash va so'ngra yana o'zimni ko'rsatishim kerak edi. Hozirda yaxshi formadaman av jamoaning ham ishlari yaxshi ketmoqda", — deydi de Yong.
Niderlandiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasi 1/4 final o'yini bugun o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar