SHifokorlar Pelening holati barqaror ekanligini tasdiqlashdi
01 dek 2022 11:44
Yangiliklar
SHifokorlar Pelening holati barqaror ekanligini tasdiqlashdi
Bu haqda chorshanba kuni Pele kasalxonaga yotqizilgan klinikaning matbuot xizmati malum qildi.
"Tibbiy ko'rikdan so'ng bemor oddiy palataga yotqizildi, reanimaciya yoki yarim reanimaciya bo'limiga yotqizish talab qilinmadi. Sobiq futbolchi hayotiy faoliyati to'liq nazorat ostida, klinik holati barqaror", – deyiladi xabarda.
SHuningdek, futbolchining qizlaridan biri Pele unga buyurilgan dori-darmonlar kursiga moslashish uchun kasalxonada ekanligini aytdi.
2021 yil sentyabrida Pele yo'g'on ichakdagi o'simtani olib tashlash uchun operaciya qilingandi. 8 dekabr kuni u davolanish uchun kasalxonaga yotqizilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik Pelening ichaklari, jigari va o'pkasida o'smalar borligi haqida malumot paydo bo'ldi. Pele so'nggi oylarda o'tkazgan kimyoterapiya braziliyalikning tanasidagi o'smalarga hech qanday tasir ko'rsatmadi.
Malumot o'rnida, Pele 82 yoshda bo'lib, uch karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970) sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar