So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  13

SHifokorga va klub murabbiyiga tegishli licenziyani boshqa shaxslarga bergan "Andijon-SGS" jazolandi Yangiliklar

SHifokorga va klub murabbiyiga tegishli licenziyani boshqa shaxslarga bergan "Andijon-SGS" jazolandi

Pro liga 18-turidan joy olgan "SHo'rtan" – "Andisjon-SGS" uchrashuvi komissarining bildirgisi asosida mehmon jamoa xatti-harakati O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga oshiriladi.

"Superliga va Pro liga reglamenti"ning 16.12-bandiga ko'ra, uchrashuv rasmiylari orasida liga ro'yxatidan o'tgan shifokor zaxira o'rindig'idan joy olishi kerak. Aniqlanishicha, "Andijon-SGS" jamoasi G'uzor shahriga shifokorsiz etib kelgan. SHundan kelib chiqib, Liga komissarini chalg'itgan holda shifokorni rasmiy qaydnomaga kiritgan hamda shifokorga tegishli licenziyani Liga ro'yxatidan o'tmagan begona shaxsga taqdim etib, uni texnik zonaga kiritgan. SHuningdek, klub murabbiyi Rasuljon Rahmonovga tegishli licenziya ham begona shaxsga taqdim etilib, u ham texnik zonaga kiritilgan. Liga komissari licenziyalar va ularning yordamida texnik zonaga kirishga uringan shaxslarni birma-bir solishtirib chiqish jarayonida mazkur holatga oydinlik kiritgan va uni bayonlashtirgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Andijon-SGS" bosh direktori Islombek Rustamov rahbar sifatida o'z qo'li ostidagilarga javobgar ekanligi, biroq "Andijon-SGS" jamoasi reglamentning qator talablarini qo'pol ravishda buzgani va bunday holat O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga oshirilishi yuzasidan ogohlantirildi", – deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика