So’nggi yangiliklar

04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  0 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   4 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  8 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  6 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  57 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  3 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европа, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  7 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0

SHi Tae Yong: "O'zbekiston va Saudiya uchrashuvini stadiondan tomosha qilaman. Koreya musobaqani erta tark etgani uchun biroz xafaman" Yangiliklar

SHi Tae Yong: "O'zbekiston va Saudiya uchrashuvini stadiondan tomosha qilaman. Koreya musobaqani erta tark etgani uchun biroz xafaman"

Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHi Tae Yong Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi

"Bugun juda qiyin uchrashuv o'tkazdik va g'alaba qozondik. Ammo biroz kayfiyatim yo'q, sababi Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordik. Deyarli ikki soat davom etgan uchrashuvda matonat ko'rsatdik. Musobaqadan avval bu jamoa yarim finalga qadar etib boradi deganimda hatto indoneziyalik jurnalistlar ham fikrimga biroz shubha bilan qaragandi. Biz jamoa sifatida o'z kuchimizga ishondik va yigitlarga biz finalgacha etib bora olishimizga ishontirdim. Futbolchilarda bo'lgan ishonch bugungi natijaga katta tasir o'tkazdi deb o'ylayman. Hozir tezroq tiklanib olishimiz kerak va ertaga o'z raqibimizni bilib olamiz. O'zbekiston va Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan kuzatib boraman. Saudiyaga qarshi musobaqadan avval o'yin o'tkazgan edik, ammo bunday darajada hali O'zbekiston bilan to'qnash kelmaganmiz. Indoneziya futbolida o'sishda davom etmoqda, biz reja qilgandek Olimpiada o'yinlari sari qadam tashlamoqdamiz. Iyun oyida esa asosiy terma jamoa bilan JCH saralashida ishtirok etamiz va maqsadimiz so'ngi ikkita bahsda yaxshi natija qayd etib, uchinchi bosqichga yo'l olish. Hozirgacha Indoneziya futbol federaciyasi bilan yangi shartnoma imzolaganim yo'q, ammo federaciya prezidenti muhokamaga chaqirgan edi" - deya fikr bildirdi Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHi Tae Yong Janubiya Koreya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика