SHerzod Nasrullaev: "Rossiya bizga qarshi asosiy tarkibni tushiradi, deb o'ylayman"
18 noy 2022 23:02
Yangiliklar
SHerzod Nasrullaev: "Rossiya bizga qarshi asosiy tarkibni tushiradi, deb o'ylayman"
O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'ulotlari davom etmoqda.
Rossiya bilan o'tadigan bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz g'alaba bilan yana bir bor xursand qilishlariga ishonamiz. SHerzod Nasrullaev fikrimizga qo'shilgan holda tayyorgarlik jarayonlariga to'xtaldi.
"Qozog'iston bilan yaxshi o'yin o'tkazdik. Rossiya bilan ham yomon uchrashuv bo'lmasligi aniq. Ular Tojikiston bilan bahsda kerakli futbolchilarni tushirmadi. Bizga qarshi asosiy tarkib o'ynaydi, deb o'ylayman. Boshqacha o'yin ko'rsatishlari mumkin. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Yolg'izlatib qo'yishmaydi, deb o'ylayman.
"Nasaf" va mavsumga to'xtalsam, muhim ochkolarni yo'qotdik. Oxirgi turlarda charchoq ham o'z so'zini aytdi",- deydi SHerzod Nasrullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar