SHerzod Esanov: "Gol zavqini so'z bilan tushuntirib bo'lmaydi"
24 may 2023 03:00
Yangiliklar
SHerzod Esanov: "Gol zavqini so'z bilan tushuntirib bo'lmaydi"
20 yoshgacha o'tayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O'zbekisiton - Yangi Zelandiya uchrashuvidan so'ng terma jamoa azosi SHerzod Esanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Maydonga tushgach, gol urish uchun borimni berishga harakat qildim. Xudoga shukr, garchi g'alaba qozona olmagan bo'lsak-da, durang natija qayd eta oldik. Gol urgandagi taassurotlarini so'z bilan ifodalab bo'lmaydi", dedi yarim himoyachi.
Eslatib o'tamiz, futbolchimiz mazkur bahsning 90+3 daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi navbatdagi o'yinini Gvatemalaga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27 may kuni soat 02:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar