So’nggi yangiliklar

11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  1 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  10 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8

SHerzod Andaev: "Mashal" iqtidorli futbolchilarni etishtirishda davom etadi" Yangiliklar

SHerzod Andaev: "Mashal" iqtidorli futbolchilarni etishtirishda davom etadi"

Kecha Buxoroda o'smirlar o'rtasida "Paxtakor-79"ning marhum futbolchilari Ravil Agishev va Vladimir Sobirov xotirasi uchun turnir yakunlandi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan "Mashal"ning SHerzod Andaev boshchiligidagi 1999-2000 yilda tug'ilgan o'smirlari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Andaev bilan ushbu turnir borasida akademiyamizning konferenciya zalida kichik matbuot anjumani tashkil etildi va fikrlarini bilan qiziqdik.

"Buxoroda o'smirlarimiz juda ham ajoyib turnirda ishtirok etdi. Tashkiliy jihatlar borasida esa hech qanday kamchilikni ko'rmadik. Mehmonlarni kutib olish, maydonlar, uchrashuvlarni tashkil etish va barcha-barchasidan mamnun bo'ldik. Bunday turnirlar faqatgina yoshlarimizni etuk futbolchi bo'lib etishishi uchun xizmat qiladi", - deydi SHerzod Andaev.

Murabbiy bilan birga matbuot ajumaniga o'smirlarimiz jamoasi azosi Siyavush Yakubov ham taklif etildi. Yosh futbolchimiz turnir borasida ham fikrlarini bildirib o'tdi.  

"Xatolarga qaramasdan chempionlikni qo'lga kiritdik.  O'ylaymanki bu xatolar tuzatamiz va keyingi uchrashuvlarda maydonga chiqqanda bunday kamchiliklarga yo'l qo'ymaymiz. Bu turnir hammamizni xotiramizda qoladi. Ajoyib tashkillashtirilgan musobaqadan xursand bo'ldik. Barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Klubimiz sharafini munosib himoya qildik va yakunda chempionga aylandik.  Mana shunday turnirlarda ko'proq maydonga tushishni istaymiz", - deydi futbolchimiz Siyavush Yakubov.

- Musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdilaringiz. Raqiblar borasida fikrlaringiz qanday bo'ldi ?

Har ikki guruhda Oliy liganing eng kuchli klublari akademiyasi yoki tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi. "Paxtakor", "Lokomotiv",  "Qizilqum" kabi jamoalar kuchli o'yin ko'rsatdi.  Guruhimizda birinchi uchrashuvda "Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alaba yoshlarimizga ishonch bag'ishladi. SHundan so'ng maydon egalarining ikki jamoasi bilan ham durang o'ynadik. 5 ochko bilan yarim finalga chiqish bu jamoalarning imkoniyatlari deyarli bir xil ekanligini anglatadi. Har bir jamoa keyingi bosqich uchun oxirigacha kurashdi. Yarim finalda "Qizilqum" ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Finalda esa juda ham qiyin o'yinni o'tkazdik. Poytaxtlik o'smirlar bilan bo'lgan o'yin turnirning eng ajoyib bahsi bo'ldi. Ochiq va chiroyli o'yin stadionga kelgan muxlislar va o'smirlarning ota-onalari uchun ham yoqdi deb o'ylayman.  

- Final taassurotlari baribir boshqa o'yinlarga qaragandan kuchliroq bo'ladi. Bu borada qanday fikrdasiz?

Albatta, futbolchilarimiz o'zini xarakterini ko'rsatdi. Futbol bu. Maydonga chiqdik, final masuliyatini sezdik va chiroyli o'yin bilan g'alaba qozondik. Umuman olganda turnirdagi barcha o'yin saviyali o'tdi. Bunday g'alabalar yoshlarni o'ziga bo'lgan ishonchini orttirib, kelajakda g'oliblik ruhiyati bilan katta bo'lishiga hissa qo'shadi. O'ylaymanki bu turnir ko'plab yoshlarni xotirasida qoladi. Mana shunday turnirlarda ishtirok etib, finalda o'ynash faxrdir.

- SHerzod aka, mana shunday turnirlar akademiyaning bitiruvchi guruhlari uchun qanchalik samara berdi deb o'ylaysiz?


Eng asosiysi mana shunda. 1999 yil guruhlari bu yilda futbol akademiyalarini tamomlaydi. Ularga har taraflama yordam beradi va katta tajribaga ega bo'ladi. G'oliblik tuyg'ulari ularga kelajakda g'alaba qanchalik shirin bo'lishini ko'rsatgan holda o'stiradi. Kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushdi va amaliyot to'pladi. Mana shunday turnirlar qanchalik ko'p bo'lsa, yoshlarning o'sishi ham shuncha yaxshi bo'ladi.  

- Turnirda qaysi futbolchilar o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatdi?

Biz g'alaba qozondik. G'oliblarni hozir muhokama qilish kerak emas. O'smirlarni nomini sanab o'ca juda katta xatolik bo'ladi deb o'ylayman. Aynan bir futbolchini ko'rsata olmayman. O'yinlardan va futbolchilar ko'rsatgan natijadan ham o'yindan ham qoniqdim.  Futbol jamoaviy o'yin. Asosiy tarkib futbolchisi deb birovni ayta olmayman. Jamoamiz o'yin evaziga g'alaba qozondik.  Kelajakda bu yoshlar O'zbekiston terma jamoasida, Olimpiya terma jamoasida, yoshlar va o'smirlar jamoalarida asosiy futbolchilar bo'lishiga ishonaman.  "Mashal" iqtidorli yoshlarni etishtirishda davom etadi. Bizda bunday yoshlarni ko'plab topish mumkin. Biz shu yo'lda barchamiz birga ishlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика