So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  0 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  7 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

SHerali Jo'raev: "G'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmaydi" Yangiliklar

SHerali Jo'raev: "G'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmaydi"

Oliy liga to'rtinchi turidan joy olgan Obod - Qizilqum jamoalari uchrashuvidan (2:2) so'ng, navoiyliklar yarim himoyachisi SHerali Jo'raev o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Obodga qarshi o'yin oldidan raqibning bir necha uchrashuvlari video yozuvlarini ko'rib o'rgangandik, - dedi SHerali Jo'raev. - Ularning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilardik. SHu bois, o'yinni yuqori suratlarda boshlashga urindik. Uchrashuv boshida hisobni ochganimiz bizga aks tasir qildi. Oldingi o'yinlarda g'alaba qozonganimiz uchunmi biroz xotirjamlikka berildik. Natijada raqib bizni jazoladi. Ketma-ket ikki bor o'z darvozamizdan to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. Yaxshiyamki, o'yin oxirigacha hujumkorlikni susaytirmay gol kiritdik va mag'lubiyatdan qutulib qoldik. Ishonamanki, bu uchrashuv kelgusida jamoamiz uchun jiddiy saboq bo'ladi. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar uni hurmat qilishimiz va maydonning har bir qarich erida to'p uchun keskin kurashishimiz zarur. G'alaba esa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi, - deydi SHerali Jo'raev.

Qizilqum PFK matbuot xizmati.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика