SHensni Messi haqida: "Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb bilgan odamim tepgan penaltini qaytarish yoqimli"
01 dek 2022 18:01
Yangiliklar
SHensni Messi haqida: "Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb bilgan odamim tepgan penaltini qaytarish yoqimli"
Voycex SHensni Lionel Messining penaltidan yo'llagan zarbasini bartaraf qilganidan keyin fikrlarini bildirdi.
35-daqiqada bosh hakam Danni Makkeli videotakrorni tomosha qilgach, Polsha terma jamoasi darvozaboni havodagi kurashda Argentina terma jamoasi hujumchisi Messining yuziga qo'li bilan zarba bergani uchun penalti belgiladi.
Messi nuqtadan yo'llagan zarbani esa SHensni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
"Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb bilgan odamim tepgan penaltini qaytarish yoqimli. Jahon chempionatida penalti tepish – ehtimol, darvozabon uchun eng yaxshi tuyg'u. Men o'zimni juda yaxshi his qilyapman", – dedi Polsha va "Yuventus" darvozaboni.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar