"SHarmanda!" – Toni Kroos 21 yoshli Veyganing "Al Ahli"ni tanlagani haqida
24 avg 2023 21:25
Yangiliklar
"SHarmanda!" – Toni Kroos 21 yoshli Veyganing "Al Ahli"ni tanlagani haqida
"Real Madrid" futbolchisi Toni Kroos "Al Ahli" amalga oshirishi kutilayotgan so'nggi transfer bo'yicha keskin fikr bildirdi, aniqrog'i, ushbu o'tishni birgina so'z bilan atadi. Taniqli insayder Fabricio Romano o'zining "instagram" sahifasida 21 yoshli istedodli futbolchi Gabriel Veyganing "Al Ahli"ga o'tishi hal bo'lgani haqida yozdi. Toni Kroos esa ushbu post ostiga "sharmanda", deb izoh qoldirdi.

Etiborlisi shundaki, "Selta" futbolchisi Gabriel Veygaga yozda "Barselona", "Manchester Siti", PSJ, "Napoli", "Liverpul" va "CHelsi" kabi klublar qiziqish bildirgandi. Futbolchi esa shuncha takliflar turganda, "Al Ahli" variantini tanladi.
Malumot uchun, Toni Kroos ushbu yozda Saudiya Arabistoni tomonidan berilgan takliflarni rad etgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar