So’nggi yangiliklar

20:40"Аугсбург" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:25"Вестерло" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 19:57"Барса" 17 ёшли озарбайжонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 19:28"Алавес" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 19:25Ўзбекистон — Ўмон 0:1 (Матнли трансляция)  179 19:03АПЛ. "Челси" Лондон дербисида ишончли ғалабага эришди  11 18:57"CAFA Nations Cup-2025". Қирғиз Республикаси ва Туркманистон ўзаро дуранг ўйнади  28 18:23"Тоттенхэм" — "Борнмут" ва МЮ — "Бёрнли" ўйинлари учун таркиблар маълум  4 18:19"Ал Наср" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев Лига кубоги учун ўйинда асосий таркибда  2 17:52"Ньюкасл" 85+5 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилди?!  11 16:53EЧЛ умумий босқичи тақвими: ўйинлар 16 сентябрдан 28 январгача бўлиб ўтади. "Реал" "Атлетико" билан дербидан 2 кун ўтиб, 30 сентябрь куни "Қайрат" меҳмони бўлади  10 15:2240 ёшли Роналду Португалия терма жамоасига чақирилди. Бруно, Феликс, Витинья, Далот ҳам рўйхатда  2 14:48Катта футболга йўл очувчи мусобақа — УЕФА Ёшлар Лигаси: "Қайрат" илк бор ЕЧЛда қатнашади  3 14:41Расман: Нкунку "Челси"дан "Милан"га ўтди  2 14:12"Байер" 30 миллион евролик трансферни амалга оширмоқда  0

SHamshod Sarikov: "Kanchelskis va Uzoqovning kelishiga Alisher Usmonov hamda Odil Ahmedovning aloqasi yo'q" Yangiliklar

SHamshod Sarikov: "Kanchelskis va Uzoqovning kelishiga Alisher Usmonov hamda Odil Ahmedovning aloqasi yo'q"

Namangan viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti SHamshod Ergashovich Sarikov Andrey Kanchelskisning tanishtiruv marosimidan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Andrey Kanchelskisning “Navbahor”ga kelishida asli namanganlik bo'lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning ham hissasi bormi?
SHamshod Sarikov (Namangan viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti): - Bu barchani qiziqtirayotgan va o'rinli savol bo'ldi. Biz anchadan buyon Alisher Usmonov bilan muzokara olib boryapmiz. Takidlaganingizdek, u asli namanganlik va o'z tug'ilib-o'sgan shahrini yaxshi ko'radi. Ayni paytda Alisher Burxanovich bilan homiylik borasida muzokara olib boryapmiz. U o'z vatani - O'zbekistonni juda sevadi va Alisher Usmonov buni muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirzieyov bilan uchrashuvi chog'ida ham etirof etdi. Albatta, Alisher Burxanovichning “Navbahor”ga homiylik yordami berishi va klubimizga  etibor qaratishidan umidvormiz. Lekin Andrey Kanchelskisning “Navbahor” bosh murabbiyi lavozimini egallashida Alisher Usmonovning aloqasi yo'q.  


- “Navbahor”ga Andrey Kanchelskisni olib kelishdan oldin mahalliy mutaxassislarga ham taklif bilan chiqildimi?

- Albatta, biz 3 nafar mahalliy kuchli mutaxassislar bilan muzokara olib bordik. Ularning kimligini o'zinglar ham anglagan bo'lsanglar kerak. Nomzodlar orasida Ravshan Haydarov va yaqindagina O'zbekiston olimpiya terma jamoasini qabul qilib olgan Mirjalol Qosimovlar bor edi. Ammo biz jamoaga aynan Evropa futboli havosini olib kirish uchun Andrey Kanchelskisni taklif etdik.  



- “Paxtakor” ustozi SHota Arveladze Namangandagi “Markaziy” o'yingoh maysasidan joriy mavsumdagi Namanganda o'tkazilgan bahslardan keyingi matbuot anjumanida noligandi. Maydon holatini yaxshilash borasida qandaydir ishlarni amalga oshirish rejasi bormi?

- Namanganda “Paxtakor”ga qarshi o'tgan uchrashuvlardan so'ng so'ng poytaxtliklar ustozi SHota Arveladze maydon maysasi haqida salbiy fikrlar bildirgandi. Birinchi o'yindan keyin maydon chimidan noligan mutaxassis, bir yarim oydan so'ng yana Namanganga kelib, maydon holati haqida yana gapirdi. Har qanday futbol mutaxassisi ham bir yarim oy ichida maysani alo darajada keltirish mumkin emasligini yaxshi biladi. Yani qisqa vaqt oralig'ida bu ishni qilish juda mushkul. Buning uchun hech bo'lmaganda kamida olti oy yoki bir yil vaqt ketadi. Bu haqda juda ko'p bora bosh qotirdik. Bu masala bo'yicha hozirda ayrim tashkilotlar bilan muzokara olib bormoqdamiz. Tez kunlarda Qarshidagi “Markaziy” o'yingoh maydoni bilan shug'ullangan mutaxassislar Namanganga etib kelishadi. Ayni damda kelgusi yilning iyun oyi oxiriga qadar o'yingoh chimini yaxshi holatga keltirishni o'ylab turibmiz. Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida foydalanilgan maydon chimlaridan olib kelish rejalashtirilgan. Hozirda Kosonsoydagi stadion holatini ham o'rganmoqdamiz va ish rejasini ishlab chiqqanmiz. Yaqin kunlarda bu masala ham o'z echimini topadi.

- Alisher Uzoqovning jamoaga taklif etilishiga Odil Ahmedovning aloqasi bormi?

- Yo'q. Alisher Uzoqovning klubga piar direktor bo'lishiga Odil Ahmedovning hech qanday aloqasi yo'q. Alisherni men yaxshi bilaman. U bilan qadrdonmiz. Uzoqovning jamoamizga foydasi tegishiga ishonaman.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика