So’nggi yangiliklar

17:00Про лига. "Арал" – "ФарДУ". Таркиблар эълон қилинди  0 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  0 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  9 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  2 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   2 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   4 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  8 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0

SHahzod SHaymanov: “Mashal”ga zaxirada o'tirish uchun kelganim yo'q” Yangiliklar

SHahzod SHaymanov: “Mashal”ga zaxirada o'tirish uchun kelganim yo'q”

Joriy mavsumning birinchi davrasida “Andijon” uchun o'ynagan SHahzod SHaymanov yana sobiq jamoasi “Mashal”ga qaytdi.
 Qashqadaryolik futbolchi “burgutlar” safida o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha etakchi o'yinchilardan biri bo'lishga urindi.

- SHahzod, “Andijon”da har xolda o'z o'rningizga ega edingiz. Lekin jamoani tark etishga qaror qildingiz. Nima uchun?

- Birinchi davrada ko'rsatgan o'yinimdan ko'nglim to'lmadi. Qolaversa jamoamning ham ishlari yurishmadi. SHu bois ikkinchi davrada muhitni o'zgartirishga qaror qildim.

- “Andijon” rahbariyati sizni jamoada olib qolish uchun harakat qilmadimi?

- Murabbiylar bilan bu borada gaplashganimizda ular meni qolishimni aytdi. Lekin men bu paytga kelib qaror qabul qilib bo'lgandim. Qashqadaryolik bo'lganim uchun ham yo'l azobi qiynab qo'ydi. Ilgari oilamga yaqin joyda bo'lganim uchun bu menga jiddiy tasir o'tkazdi.

- Etiborlisi siz yana “Mashal”ga qaytdingiz. Bu variant qanday yuzaga keldi?


- Klub rahbariyati bilan suhbatlashdim va jamoaga qaytdim.

- Siz uchun begona bo'lmagan jamoaga kirishib ketshingiz ham qiyin bo'lmagandir?


- Albatta, bu erda futbolchi sifatida tarbiya topdim va o'sdim. Jamoadagi yigitlarning deyarli barchasi bilan yaxshi tanishman. Ular bilan birga oldin o'ynaganman. Bir so'z bilan aytganda meni iliq kutib olishdi.

- Bosh murabbiy bilan munosabatingiz qanday?

- Aleksandr Xomyakov bilan muomalamiz ko'ngildagidek. Boshqa futbolchilar bilan bo'lgani kabi men bilan ham yaxshi munosabatda.

- Bu erda raqobat nisbatan kuchliroq. Yana zaxirada o'tirib qolishdan cho'chimaysizmi?

- “Mashal”ga zaxirada o'tirish uchun kelganim yo'q. Albatta o'ziga yarasha jiddiy raqobat bo'ladi. Asosiysi murabbiyning ishonchi. Raqobat bor joyda o'sish ko'zga tashlanadi. Men bundan qo'rqmayman.

- Yig'in boshlangandir?

- Ha, 3 iyuldan mashg'ulotlarga kirishdik.



Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика