So’nggi yangiliklar

02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  5 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  4 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  25 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  17 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0 22:22"Нефтчи" ўз уйида "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:12"Насаф" — "Ал Ваҳда" ўйини ҳакамлари маълум бўлди  6 22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  5 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  6 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  24 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  1 20:31Жозе Мораеш: "Насаф"нинг салбий натижалари зич тақвим билан боғлиқ"  14

SHahzod Beshimov: “Xorazm” Superligaga yo'llanma olishi ham mumkin” Yangiliklar

SHahzod Beshimov: “Xorazm” Superligaga yo'llanma olishi ham mumkin”

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Xorazm” (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchisi SHahzod Beshimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Malumot uchun, muborakdagi bahsda Beshimov bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi.

“Mashal” bilan juda yaxshi o'yin bo'ldi. Biz mashg'ulotlarda raqib jamoaga qarshi o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Bosh murabbiyning bergan ko'rsatmalariga amal qilgan holda harakat qildik. Bu esa natijamiz yaxshi bo'lishiga olib keldi. 

Aslida jamoamiz yil boshida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymagandi. Aniqrog'i, tarkibni yoshartirib, keyingi yillarda yaxshi jamoani shakllantirish edi. Hozirda hammasi yaxshi bo'lmoqda. Natijalarimiz o'zgardi. PFL direktori Diyor Imomxo'jaev takidlaganidek, minimum imkoniyat bilan maksimum harakat qilayotgan jamoamiz. Nasib qilsa, Superliga uchun pley-off bahsida ishtirok etmoqchimiz. Balki, natijalarimiz yaxshi bo'lsa, shu yilning o'zidayoq Superligaga yo'llanma olishimiz mumkin. Barchasini vaqt ko'rsatadi. 

Xudo xohlasa, bu yilgi mavsumda Pro liga to'purarlari ro'yxatida bo'lishni maqsad qilganman”, - deya so'zini yakunladi Beshimov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика