So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

SHahriddin Ishnazarov: “Qizilqum”ning g'alabasiga ishonamiz” Yangiliklar

SHahriddin Ishnazarov: “Qizilqum”ning g'alabasiga ishonamiz”

Bugun Toshkentda “Obod” va “Qizilqum” jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

Ushbu o'yinni “Qizilqum” PFK Muxlislar klubining yuz nafardan ziyod azosi “Jar” stadionida kuzatib borishga va o'z suyuklilarini qo'llab-quvvatlashga qaror qilishgan.

- Sevimli jamoamiz bu yilgi mavsumni o'zgacha ko'tarinki kayfiyatda boshladilar, - deydi “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi rahbari SHahriddin Ishnazarov. - SHu bois, ularni xoh Navoiyda, xoh safar uchrashuvlarida bo'lsin doimo qo'llab-quvvatlashga tayyormiz. Futbolchilarimiznining chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etishlari uchun viloyat hokimligi hamda xomiylar barcha shart-sharoitlarni yaratib berishmoqda. Ayni paytda bizning olqish va qo'llab-quvvatlashimiz jamoa uchun suv hamda havodek zarur.

“Obod” jamoasi oliy liga debyutanti bo'lsa-da, raqiblariga qarshi qanday munosib qarshilik ko'rsatayotganligini barchamiz ko'rib, bilib turibmiz. SHunga qaramay, bugun “Qizilqum”ning g'alabasiga ishonamiz. Bizning “Jar” stadioniga tashrif buyurishimiz jamoamiz g'alabasi uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
O'z navbatida hozirda Toshkentda faoliyat ko'rsatayotgan va talim olayotgan navoiylik muxlislarni o'z safimizga chorlaymiz va “Qizilqum” jamoasini qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика