So’nggi yangiliklar

08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  2 08:09Месси Дембелени табриклади  4 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  1 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  111 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  4 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  43

SHahboz Beg'amov: "Vaziyat ommaviy mushtlashuv, janjallargacha borgani va bunga Ergashevni gol quvonchidagi holatini sabab qilib keltirish noto'g'ri" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Vaziyat ommaviy mushtlashuv, janjallargacha borgani va bunga Ergashevni gol quvonchidagi holatini sabab qilib keltirish noto'g'ri"

Jurnalist va insayder SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida kecha bo'lib o'tgan Bunyodkor va Nasaf o'rtasidagi janjalga o'z fikrini bildirdi.

«Bunyodkor» — «Nasaf» uchrashuvini televizorda tomosha qildim. Stadionda emasdim va o'yin tugashi bilan televizorni o'chirdim. O'yindan keyingi mashmashalarni ancha vaqt o'tib bildim, videolarni tomosha qildim.

O'yin haqida aytishim mumkin bo'lgan narsa shuki, «Nasaf» kuchli o'ynadi. Suhrob Sultonov bo'lmaganida katta ehtimol ishonchli g'alaba bilan ketardi. Lekin «Nasaf» o'yindagi ushbu ustunligini hisobda aks ettira olmadi va natijada durang.

Hakamlik bo'yicha ortiqcha savollarga hojat yo'q menda. Penalti berilgan vaziyatda «Nasaf» foyda ko'rdi, zarar emas. Qizil kartochka esa oppoq qordek top-toza. Hakam o'yin natijasiga tasir qiladigan qo'pol xato qilgani yo'q.

Davron Ergashevning quvonchi provakacion chiqqani bor gap. Lekin bu uning qarori, u golni yoki qo'lga kiritilgan 1 ochkoni shunday nishonladi. Nishonlash vaqtida aniq bir haqoratomuz harakatni ko'rmadim. Agarda biror videoda aniq bir kamsitish yoki haqoratomuz harakat bo'lgan bo'lsa, unda unga tartib-intizom qo'mitasi tegishli jazolarni beradi. Muammo yo'q. Bu futbol va unda bu kabi emociyalar normal, xattoki kerakli holat. SHu uchun futbolni yaxshi ko'ramiz.

Lekin vaziyat ommaviy mushtlashuv, janjallargacha borgani va bunga Ergashevni gol quvonchidagi holatini sabab keltirish noto'g'ri. 

Muammo boshqa tarafda.

«Bunyodkor» tartibli, hech kim bilan ortiqcha konfliktga bormaydigan yoqimtoy jamoa. Uning aybi oxirgi daqiqalarda o'z uyida yana raqibga gol urib, xursandchilik qilganimi? Istaganicha quvonishi mumkin va buni qoidadan chetga chiqmagan holda nishonlashga haqli.

Yutsak biz zo'r, yutolmasak hakamdan ayb izlash yoki chidolmay raqibni xursandchiligini muhokama qilish noto'g'ri.

Hamma narsa maydonda qolsin. Bu shunchaki futbol, emociya beradigan tillo sport turi. Boshqa chegaralarni buzib o'tishga arzimaydi.

• Davron Ergashevni qiliqlari menga ham yoqmadi, lekin men unga golni qanday nishonlashni o'rgatishim yoki o'z uyidagi durangdan quvonishini cheklab qo'yishga haqqim yo'q. Xarakteri shunaqa ekan. O'tgan yili ham shunday qilgan va «Nasaf» o'shanda maydonda 4ta gol bilan javob bergandi. Bu yil «Nasaf» maydonda unga javob berolmadi, balki vaqt etmagandir. Lekin maydondan tashqarisida unga bu qilig'i uchun javob berish yoki undan tushuntirish so'rash professionallik tarafidan ham noto'g'ri.

O'yin tugadi va bu mavzu ham yopilgani durust. Ikkinchi qismni Qarshidagi maydonda ko'raylik, bo'ldi.

Bir tarafdan bu narsa ushbu jamoalar o'rtasidagi keskinlikni oshirib, principiallik yaratib qo'ydi. Katta o'yinlari soni oshdi. Lekin bugungi holat katta bir janjalli vaziyatni yaratishga arzimaydigan narsa edi. SHunchaki emociya va tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishdan keyingi alam.


Bo'pturadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика