So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

SHahboz Beg'amov: "Samvel Babayanni haqiqiy sinov kutmoqda" Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Samvel Babayanni haqiqiy sinov kutmoqda"

Bugun Oliy liga 5-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Turning markaziy bahsi "Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvi haqida saytimiz xodimlari o'z fiklarini bildirib o'tishadi.

Bugungi o'yinlar ichida "Paxtakor" - "Olmaliq" so'zsiz markaziy bahs sanaladi. Bu ikkala jamoalar o'rtasidagi bellashuv qiziqarli kechishi aniq. Bu o'yinni qanday borishigina emas, umuman ushbu to'qnashuv va uning natijasi qanday bo'lishi hozirda ko'pchilikni qiziqtirib turibdi. SHu jumlanadan meni ham. "Olmaliq" mavsumni yaxshi boshladi. "Bunyodkor" maydonida g'alaba qozonib turib, durang qayd etishdi. Bu ham aslida ular uchun qoniqarli natija bo'ldi. Kutilmaganda esa "Andijon" bilan o'z maydonlaridagi kechgan o'yinda ochko yo'qotishdi. Igor SHkvirin jamoasi hozircha mag'lubiyatsiz mavsumni davom ettirishmoqda.


Ularga sovrindorlar qatorida yurish uchun ajoyib imkonyaitlar mavjud. SHkvirin jamoasining o'z o'yin uslubi bor va ular har qanday raqibga qarshi o'z o'yinlarini namoyish etishlari ham maqtovga arziydi. Samvel Babayan boshchiligidagi "Paxtakor" klubi hozirda yakka peshqadam bo'lib turibdi. Jamoa ketma-ket g'alabalarni nishonlab kelayotgan yagona klub sanaladi hozirda. "Paxtakor"ning bu yilgi rejalari, maqsadlari aniq va jamoa shu vazifalar yo'lida olg'a bormoqchi. Samvel Babayanni "Paxtakor" bilan qo'lga kiritgan g'alabalari shunchaki omadmi yoki bu mehnatlar samarasimi?


Bu savolga ushbu o'yindan keyin javob olsak ajab emas. Sababi, "Olmaliq" jiddiy raqib. Yani "Paxtakor"ning avvalgi to'rtta raqibi bilan solishtirganda, haqiqatdan ham olmaliqliklar biroz boshqa saviyadagi jamoa hisoblanishadi. Ularni uchinchi turda amaldagi chempion "Bunyodkor"dan mehmonda ochko tortib olishgani ham bejizga emas. Bu o'yin borasida fikr bildirish qiyin. "Paxtakor" o'z maydonida ishtirok etayotganligi ularga  ustunlik berishi tabiiy. O'ylashimcha, bu bahsda "Paxtakor"ni, xususan Samvel Babayanni haqiqiy sinov kutmoqda. Agarda ushbu sinovdan Samvel Babayan g'olib sifatida chiqib keta olsa, demak "Paxtakor" chempionlik uchun asosiy davogar ekanligini yana bir bor isbotlay oladi.


Igor SHkvirin jamoasi esa bu o'yindan keyin o'zlarining kuchlarini chamalab olishadi. Menimcha, bu to'qnashuv kechagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" o'yinidan mazmunliroq va chiroyliroq o'tadi deb o'ylayman. Bugun jamoalar tomoshabop futbol namoyish etib berishadi deb umid qilaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика