So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Bunyodkorning tarkibi juda yosh degan ertaklarni yig'ishtirish kerak - SHahboz Beg'amov Yangiliklar

Bunyodkorning tarkibi juda yosh degan ertaklarni yig'ishtirish kerak - SHahboz Beg'amov

Jurnalist SHahboz Beg'amov "Bunyodkor"ning bugungi mag'lubiyatidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

U o'zining telegrammdagi kanalida shunday yozdi:

«Bunyodkor» juda yosh tarkibi bilan zo'r o'ynapti»

Yo'g'e? Ha, bo'masamchi!?

Abdumavlon Abdujalilov haliyam yoshku, endi 26 yoshga to'ladi. Dilshod Ahmadaliev ham yosh, endigina 7 yil bo'ldi katta futbolga kirganiga va hali tajriba to'plamagan bo'lsa ham kerak.

Murod Xolmuhammedov (29 yosh), Anvar G'ofurov (37 yosh), G'ulomHaydar Gulyamov (28 yosh), Lutfulla To'raev (31 yosh) hali tajriba to'plashmagan, pishmagan yosh iqtidorlar qatorida tilga olinaveradi, shekilli. Sardor Abduraimov (24 yosh) va Humoyun Murtazoev (27 yosh) ham «o'tgan yil» chiqib porlagan yosh «qaldirg'ochlar» deyilsa kerak.

Qanday yosh tarkib? Abramov «Bunyodkor» yoshlarini o'ynatib yuripti degan ertaklar to'qimachilari o'zbek futbolini shunchaki nomiga biladi.

Ertaklarni yig'ishtirish kerak. Yosh, yosh, yosh deb 18-20 yoshli futbolchilarni, bugungi tarkibdagi Jasur Jaloliddinov, Suhrob Izzatov va Hasan Yo'ldoshevga nisbatan ishlatish mumkin.

O'tgan yilgi «Bunyodkor»ning tarkibiga nisbatan ham yosh jamoa degan jumlani ishlatish modaga aylangandi. Vaholanki o'shanda hozirda jamoadan ketgan, MTJda kuylak yirtgan bazi veteran, tajribali va yuqori mahorat egalari va legionerlar bor edi — Zuhurov (36 yosh), Gadoev (27 yosh), Tursunov (33 yosh) va hokazo.

O'tgan mavsum ham, katta ehtimol bu yil ham faqat bitta jamoaga nisbatan, yani «Nasaf»ga qarata yosh jamoa deyish to'g'riroq. Berdiev jamoasi ham nechinchi yil Superligada o'ynamoqda, etarli tajriba to'plangan o'rta yosh futbolchilar. Faqat bazi chiziqlarga nisbatan etakchilar zarur bo'ladi. Balans, yani muvozanat uchun.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика