So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

SHackix, Baqoev va Karpenko: "Bizni qo'llab turgan barchaga rahmat" Yangiliklar

SHackix, Baqoev va Karpenko: "Bizni qo'llab turgan barchaga rahmat"

O'zbekiston - Ummon (0:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoadagi so'nggi o'yinlarini o'tkazgan uchta futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ulug'bek Baqoev: "Bugungi bayram uchun barchaga rahmat. O'ylaymanki bizning o'rnimizni yoshlar munosib bosa olishadi".

Maksim SHackix: "Bizni shuncha vaqt davomida qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Bugungi tadbirni tashkil etganlarga rahmat. Terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo'llanma ololmaganim armonim bo'lib qoladi. Biz terma safidagi barcha o'yinlarda muxlislar uchun o'ynadik, barchaga rahmat".

Viktor Karpenko: "Ikkala sherigimning fikriga qo'shilaman. O'zbekistonda iqtidorli yoshlar o'sib kelishmoqda. Ularga yo'l berish vaqti kelgandi. Insoning yoshini aldab bo'lmaydi. Bizni qo'llab turganlarga minnatdorchilik bildiraman".


- Terma jamoadagi eng yorqin vaziyatni yodga olsangizlar?

Viktor Karpenko: "Menimcha termadagi har bir o'yinda maydonga tushish so'z bilan ifodalab bo'lmaydigan hayajonlik vaziyat bo'ladi. Minglab muxlislar seni stadiondan turib qo'llab turishadi".

Maksim SHackix: "Termadagi o'yinlarim orasida birdaniga BAAga qarshi o'yin yodimga tushaveradi (OK-2000 saralashi. 1999 yil 27 noyabr). Bundan tashqari Samarqandda kechgan Ozarboyjonga qarshi debyut o'yinim ham yodimda".

Ulug'bek Baqoev: "Osiyo kubogi-2011 chorak finalidagi Iordaniyaga qarshi bahs! Bundan tashqari "Ozodi" stadionida Eronga urgan golim"


- Oleg SHackix hozir nimalar bilan mashg'ul?
Maksim SHackix:
Akam hozirda Moskvada yashamoqda. Firmada biznes bilan shug'ullanmoqda. O'zbek do'stlari bilan yig'ilib hamon futbol o'ynab turishibdi. Unga albatta salomingizni etkazib qo'yaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика