So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

“Sevinch” yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirmoqda FOTO Yangiliklar

“Sevinch” yangi mavsum tayyorgarligini davom ettirmoqda FOTO

Teglar :  Sevinch
“Sevinch” jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini, Qarshi shahridagi o'z qarorgohida davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan, universal manejda bo'lib o'tmoqda.

Afsuski, har yili Toshkentda o'tkaziladigan mini futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati va O'zbekiston Kubogi musobaqalari bu yil o'tkazilmadi. Bu chempionat bu yil umuman o'tkaziladimi yoki yo'qmi, hozirgacha nomalumligicha qolmoqda.

SHu bois, klub murabbiylari jamoaning tayyorgarlik rejasiga o'zgartirish kiritishga majbur bo'lishayapti. CHunki, har yili jamoa yangi futbol mavsumini mini futboldagi ishtiroki bilan boshlagan.

SHu sabab, “Sevinch” fevral oyida Toshkentga safar uyushtiradi. U erda o'quv-yig'in mashg'ulotlari tashkil etiladi. Yig'in davomida murabbiylar katta futbol bo'yicha bir qancha nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazishni mo'ljallashmoqda. Jumladan, nazorat uchrashuvlari “Bunyodkor W”, “Metallurg W” va “Olmaliq W” jamoalari bilan bo'ladi.

Klub rahbariyati tomonidan 28 nafar futbolchi bilan shartnomalar imzolandi. Jamoaga yangi kelgan futbolchilar ham bor, bungacha “Bunyodkor W” jamoasida to'p tepgan yarim himoyachi Darina Fedosenko va muqaddam  “Olmaliq W” jamoasida faoliyat yuritgan himoyachi Laylo SHodievalar bu yildan jamoa tarkibiga qo'shib olindi. SHuningdek jamoa tarkibiga, o'tgan yili quyi ligada o'ynagan bir qator yosh futbolchilar ham asosiy tarkibga o'tkazildi.

Jamoa selekciya ishlari davom etttiril moqda, yana tarkibiga yangi futbolchilar kelishi mumkin.

Quyida bugungi mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni tomosha qiling.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика