So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  208 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

“Sevinch” jamoasining navbatdagi uchrashuvlari Yangiliklar

“Sevinch” jamoasining navbatdagi uchrashuvlari

Jamoamiz kecha Buxoroda chempionat 15-turi uchrashuvini “Buxoro W” jamoasiga qarshi o'tkazib, yirik 8:0 hisobida g'alaba qozondi.


“Sevinch” jamoasining navbatdagi o'yinlari taqvimi juda zich joylashgan. “Sevinch” yaqin kunlar ichida oltita uchrashuv o'tkazadi.Jamoamiz ertaga navbatdagi uchrashuvni Xorazmning “To'maris” jamoasiga qarshi o'tkazadi, ikki tomonning rasman kelishuviga muvofiq ko'chirilgan 19-tur uchrashuvi Qarshida bo'lib o'tadi. Bu uchrashuvda “To'maris” jamoasi nominal maydon egasi bo'ladi.

8-oktyabr kuni esa jamoamiz Olmaliq shahrining “Olmaliq W” jamoasini qabul qilsa, 11, 12, 13 va 14 oktyabr kunlari ketma-ket yana to'rtta o'yin o'tkazadi.

Jamoa oldida turgan muhim o'yinlardan biri Bekobodning “Metallurg W” jamoasiga qarshi uchrashuvdir. Bu yilgi chempionatda asosiy sovrinlar uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa 11 oktyabr yakshnba kuni Qarshida tuqnash keladi. Mana shu uchrashuv joriy chempionatda oldindan kim chempionlik shohsupasiga ko'tarilishini aniqlab bersa ham, ajab emas.

Quyida yaqin kunlarda bo'ladigan uchrashuvlarimiz taqvimi bilan tanishing.

06.10.2015

CHempionat 19-turi.

“To'maris” (Yangibozor, Xorazm) – “Sevinch” (Qarshi)

08.10.2015

CHempionat 17-turi

“Sevinch” (Qarshi) – “Olmaliq W” (Olmaliq)

11.10.2015

CHempionat 18-turi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod)

12.10.2015

CHempionatning qoldirilgan 12-turi

“Sevinch” (Qarshi) – “Mashal W” (Muborak)

13.10.2015

O'zbekiston Kubogi ikkinchi bosqich, chorak finalining dastlabki uchrashuvi

“Sevinch” (Qarshi) – “Mashal W” (Muborak)

14.0.2015

O'zbekiston Kubogi ikkinchi bosqich, chorak finalining javob uchrashuvi

“Mashal W” (Muborak) – “Sevinch” (Qarshi)

“Sevichn” jamoasi kechagi g'alabadan so'ng yana turnir jadvalining birinchi pog'onasiga qaytdi.

Quyida chempionat taqvimi bilan tanishing.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика