So’nggi yangiliklar

11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  1 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  3 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  14 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  3 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  13 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  7 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  4 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  23 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  114 00:50Ямал жароҳати туфайли "Ньюкасл"га қарши ўйнамайди  2 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  29

Seten: “Barsa” qo'lidan kelgan barcha ishni qilayapti, ammo... Yangiliklar

Seten: “Barsa” qo'lidan kelgan barcha ishni qilayapti, ammo...

“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten La Liga 36-turida “Valyadolid” (1:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

“O'yin oxirida tashabbusni raqibga topshirib qo'yishimiz bu jismoniy holatimiz bilan bog'liq. Biz yanada yaxshiroq natija uchun bor kuch bilan harakat qilayapmiz, ammo “Real” barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishda davom etmoqda.Uchrashuv oxiri asabiy kechdi. Bu bizning birinchi bo'limdagi vaziyatlarni gollarga aylantira olmasligimiz bilan bog'liq. 

Biz “Valyadolid” beshta himoyachi bilan harakatlanishini kutgandik. Biz ham shunday taktikani tanlab, ularga qanotlar orqali bosim uyushtirishni reja qilgandik. Agar ular Busketsni “yopib” qo'yishsa, markaziy himoyachilardan biri orqali hujumga otlanishni maqsad qilgandik. 30-35 daqiqagacha o'yin ajoyib kechdi va o'shangacha hisobni yiriklashtirish imkoniyati ham bo'ldi. CHarchash tufayli ikkinchi bo'limda ko'p vaziyatlarda raqibga imkoniyatni boy berdik va himoyalanishga majbur bo'ldik. 

O'tgan o'yindan 72 soat vaqt o'tib, keyingi bahsni o'tkazishga majbur bo'layapmiz. Havo issiq ham edi. Ayrim o'yinchilarimizda charchash alomatlari yaqqol ko'zga tashlandi. 

Grizmann o'zini yaxshi his qilmaganligi uchun alishtirishlarini so'radi. O'zgarish mantiqan to'g'ri. U ketma-ket beshta o'yindan buyon maydonga tushmoqda va u dam olishi lozim edi. Messi nima uchun almashtirilmadi? Hisob qaltis edi. Agar boshqacha hisob bo'lganida, ko'plab futbolchilarga dam berilardi”, dedi murabbiyi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика