Sesk Fabregas APL jamoasining bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 apr 2025, 16:30
"Lids Yunayted" Daniel Farke o'rniga Sesk Fabregasni bosh murabbiy etib tayinlashni ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Grem Beyli yozdi.

Farke klubning Premer-ligaga qaytishini taminladi, ammo "Lids" egalari "49ers Enterprises" mavsum boshlanishidan oldin boshqaruvchi o'zgarishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Farke bungacha "Norvich Siti"ni ikki marta Premer-ligaga olib chiqqan, ammo yuqori ligada saqlab qola olmagan.

Fabregas "Komo"dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng "Lids" e'tiborini tortdi. 

Klub xo'jayinlari "Lids"ni Premer-ligada uzoq muddatga qolishi uchun eng yaxshi holatda bo'lishini taminlamoqchi. 

Qizig'i shundaki, Fabregas "Leyptsig" bosh murabbiyligiga ham nomzod sifatida ko'rilmoqda va uning kelajagi intrigaga sabab bo'lmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/GraemeBailey