So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Server Jeparov: "Poytaxtda meni qanday kutib olisharkin?" Yangiliklar

Server Jeparov: "Poytaxtda meni qanday kutib olisharkin?"

Hozirgina Janubiy Koreya K-ligasining 11-turi doirasidagi bir nechta uchrashuv yakunlandi.
Terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Seongnam” klubi o'z maydonida chempionat peshqadami “Poxang Stilers”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Quvonarlisi, o'yindagi hisobni aynan hamyurtimiz ochdi. Server 17-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon belgilangan penaltini golga aylantirdi. Jeparov bugungi uchrashuvda to'liq maydonda harakat qildi. Avvalgi bosh murabbiy Park Jong Xvan klubdan haydalganidan so'ng terma jamoamiz sardorining bag'riga shamol tekkan ko'rinadi.

11-turdan keyin “Seongnam” 12 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. Seongnamliklar 12-tur uchrashuvini 11 may kuni safarda “Seul”ga qarshi o'tkazishadi. Demak, Jeparov o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Darvoqe, 11-turning hozirgina yakuniga etgan ikki uchrashuvida kuchli uchlikda borayotgan jamoalar qimmatli ochkolardan mahrum bo'lishdi. Ikkinchi pog'onani egallab turgan “CHonbuk Motors” mehmonda “Suvon Bluingz” klubiga 0:1 xisobida imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o'rinni egallab turgan “Jedju Yunayted” esa “Ulsan Xyunday” maydonidan durang (1:1) bilan qaytdi.

O'yin yakunlanganidan so'ng Server saytimizga blic intervyu berdi:


“Bugungi uchrashuvda gol kiritganim yaxshi bo'ldi. Bu keyingi o'yinlarda o'zimga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. SHuningdek, bosh murabbiyga ham bugungi o'yinda menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, mavsumning qolgan qismi men va jamoam uchun muvaffaqiyatli davom etadi.

Keyingi turda “Seul” mehmoni bo'lamiz. SHaxsan men bu uchrashuvni orziqib kutyapman. CHunki, aynan shu jamoa tarkibida Koreya chempioni bo'lganman. Qiziq, poytaxtda meni qanday kutib olisharkin?”, - dedi Jeparov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика