So’nggi yangiliklar

17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  91 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  100

Server Jeparov: "Eng kamida SHarqqa ketish kerak" Yangiliklar

Server Jeparov: "Eng kamida SHarqqa ketish kerak"

BAA - O'zbekiston (0:4) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz sardori Server Jeparov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin bizning nazoratimizda o'tdi, bunga aniq bir sababini ko'rsata olmayman. Balki ular o'yinga etarlicha tayyorlanmagandir, balki biz birinchilardan bo'lib to'pni o'zimizga bo'ysundirganimiz foyda bo'ldi", - deydi Server Jeparov.

- Birinchi goldan keyin jamoamiz himoyaga yotib oldi, ammo xatoliklar ko'p bo'ldi...

- To'g'ri, bunga o'zimiz sababchimiz. Gol urib olgandan keyin orqaroqda kuchni tejashni maqsad qildik. Ammo shunda ham to'p bizda bo'lishi kerak edi. Afsuski, 2-3 to'p uzatilishidan so'ng xatoliklar kelib chiqdi. 10 daqiqa o'tib o'zimizga kelib oldik va yana hujum qilish navbati bizga kelgandi.



Terma jamoamizning so'nggi ikkita yig'inidan kelib chiqib bir narsaga amin bo'ldim. Birinchisi legionerlarsiz bizning terma jamoa bironta natijaga erisha olmaydi. Yani, o'zlari terma jamoani elkalarida ko'tara olmaydilar, aslida bunga qodirlar. Faqat buning uchun terma jamoa bilan kamida 2-3 hafta davomida bo'lib, 2ta o'yinda maydonga tushishlari kerak. Sababi oliy ligamizdagi o'yinlarga ular terma jamoada bo'lgani kabi jiddiy tayyorlanmaydilar. CHunki hammasi malum. Toshkent va BAAda bo'lib o'tgan yig'inlardan xulosam shuki, terma jamoaga chaqirilayotgan oliy liga futbolchilarimiz so'nggi kunga kelib o'z formalariga ega bo'lib olyaptilar. Ega bo'lyaptilar hamki, yig'in yakuniga etib, yana oliy ligaga qaytishyapti. Server Koreyaga, Odil Rossiyaga, Tursunov Ukrainaga... Tabiiyki u erda ular o'z ustilarida jiddiy ishlaydilar va keyingi yig'inga ham qanday ketgan bo'lsalar, shunday qaytadilar. Mahalliy futbolchilarimiz esa afsuski, ikkinchi yig'inga yana eski holatda kelyaptilar. Mazkur holat bo'yicha jamoa sardori sifatida Jeparovning fikrlari men uchun qiziq edi.

- Albatta, oliy ligamiz kuchli bo'lsa, terma jamoamiz bugungidan ancha kuchli bo'ladi. Agar har turda jiddiy o'yinlarda maydonga tushsangiz, kuchingizga kuch qo'shilib boraveradi. Men hozir oliy liganing holati bilan tanish emasman, ammo biz o'ynagan paytimiz nari borsa 5ta o'yinga jiddiy tayyorlanardik. Bu juda kam. Koreyada esa bunday o'yinlar to'lib yotibdi. 36ta o'yin o'ynaymiz, kubok bahslarini qo'shsangiz 40taga etadi. O'zbekistonda esa 26ta o'yin. "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yinlarni inobatga olmasa, qolgan o'yinlarda shunday shiddatni ko'rasizmi? Agar har doim kuchli jamoalarga qarshi o'ynayversa futbolchilar, terma jamoamizga ham yaxshi.

- Bugungi o'yinlardan kelib chiqib terma jamoadagi yoshlarning kelajagi haqida nima deya olasiz?

- Ular kuchli, oliy liga kuchsiz deylik, lekin o'z ustilarida ishlashlari uchun to'siq yo'q deb o'ylayman. Bizning oliy ligamizni deyarli chet el skautlari kuzatmaydilar. Agar bizda chempionat boshqacha bo'lganida ko'plab futbolchilarimiz chet elda yurgan bo'lardilar. Arzonga bo'lsa ham futbolchilarni chet elga yuboraverish kerak. Yuborganda ham zaxiraga emas, biroz o'rtamiyona bo'lsa-da, Evropaga ketgani maqul. Eng kamida Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyga. Agar Xorvatiya, Avstriya kabi chempionat bo'lsa, ikkilanib ham o'tirmaslik kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика