So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  1 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  16 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  53 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  66 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Server Jeparov: "O'tgan safar mundialga yo'llanma olishga juda yaqin kelgandik" Yangiliklar

Server Jeparov: "O'tgan safar mundialga yo'llanma olishga juda yaqin kelgandik"

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov bu safargi mundialga "chipta" olishimizga ishonmoqda.


"Guruhda birinchi o'rinni egallaganimizdan xursandmiz. Qilgan mehnatlarimiz zoe ketmadi. Bahraynga qarshi o'yinda ham g'alaba loyiq edik deb o'ylayman. Garchi uchrashuv biz uchun qiyin kechgan bo'lsada, g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. Ushbu bosqichdagi oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik va tabiiyki jamoaning kayfiyati yuqori darajada. O'z uyimizdagi o'yinlarda yorqin futbol ko'rsata olmayapmiz? Menimcha, bu raqib jamoalarining himoyadan o'ynayotganidan bo'lsa kerak. SHu boisdan ham biz ularni himoya qo'rg'onini yorib o'tishda ko'proq muammolarga duch keldik. Har bir jamoa o'z maydonida g'alabani ko'zlaydi va asosiy etiborini hujumga qaratadi. SHu tufayli safardagi uchrashuvlarda erkinroq va samarali o'ynaymiz. Mundial chiptasi? Nega endi yo'q? Albatta JCHga yo'llanma olish uchun bor kuchimizni sarf etamiz. O'tgan safargi urinishda bunga juda yaqin kelgandik. Bizga o'shanda faqatgina omad etishmagandi. Bu safar oldimizda turgan vazifani uddalaymiz deb o'ylayman. Orzuimizga etishish uchun qattiq kurashamiz", - dedi Server Jeparov.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика