So’nggi yangiliklar

12:19"Ал Ҳиол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  0 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   1 11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  1 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  5 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  5 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  3 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  12 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0

Sergey Lushchan: “Bunyodkor” mehmonda qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Bunyodkor” mehmonda qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi”

“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ishtirok etishdi.

Unda bosh murabbiy Sergey Lushchan va jamoa hujumchisi Eldor SHomurodov OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

- Qatarga har safar tashrif buyurganimda kayfiyatim ko'tariladi. Mehmondo'stlik, tashkiliy ishlar va boshqalar juda yaxshi. Bizni juda muhim bo'lgan bahs kutib turibdi. Maydonda qanday kurash kechishidan qatinazar, birinchi navbatda muxlislar yutadigan o'yin bo'ladi. Uchrashuvdan keyingi kayfiyatimiz alo darajada bo'lishi uchun maydonda katta kuch sarflashga tayyormiz. “Pley-off” uchrashuvini ilk bor safarda o'tkazyapmiz. Fikrimcha, bu jihat bizga qo'shimcha muammolar to'g'dirmaydi. “Bunyodkor” mehmonda o'ynashni juda yaxshi biladi. Imkoniyatlar teng. To'g'ri, O'zbekistonda hali chempionat uchrashuvlari boshlangani yo'q. Biroq, biz bu jihatni avvaldan inobatga olib, aynan 7 fevraldagi bahsga maxsus reja asosida tayyorgarlik ko'rdik. Jami 12ta nazorat uchrashuvi o'tkazdik va jamoani yanada shakllantirdik. BAAdagi sharoitlar ajoyib bo'ldi. Qo'l ostimdagilar Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasi qadrini juda yaxshi tushunishadi va buni yaxshi his etib turishibdi. Biz bahsga tayyormiz, - deydi Sergey Lushchan.


- “Al-Jaish”ni yaxshi o'rgandik. Uchrashuv qanday ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Ertangi raqibimiz arab diyorining eng kuchli jamoalaridan biri bo'lsa-da, “Al-Jaish”ga hurmat saqlagan holda ularni mag'lub etib OCHL-2017 guruh bosqichiga yo'l olmoqchimiz. Sardor Rashidov bizni qanday bilsa, o'z navbatda biz ham uning imkoniyatlarini va mahoratini juda yaxshi bilamiz. Faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz, - deydi Eldor SHomurodov.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика