So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

Sergey Lushchan: “Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng” Yangiliklar

Sergey Lushchan: “Bugungi durang biz uchun g'alabaga teng”

Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Qizilqum”- “So'g'diyona” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jizzaxliklar ustozi Sergey LUSHCHAN o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. Umuman bu erda hech qachon oson bahs o'tkazmaganmiz. Jamoa tajribali va o'ziga xos o'yin uslubiga ega. Lekin bugun bizga mezbonlarning hujumlarini samarali bartaraf etish imkoni bo'ldi. SHu bilan birga ikki-uch vaziyatda ajoyib qarshi hujum tashkil etib, ulardan samarali foydalana olmadik. Har qanday holatdayam 2:2 hisobi biz uchun, safarda g'alaba degani. Agar qolgan bellashuvlarda ham bugungidek o'yin ko'rsata olsak, oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajara olamiz.

-Bugun bir qator etakchi futbolchilaringiz zaxirada qoldirildi. Bu nima bilan bog'liq?

-Biz bugungi raqibdan kelib chiqib taktika tanlagandik. Ha, Rashidov zo'r futbolchi. Uydagi o'yinlarimizda u o'zini har tomonlama ko'rsata oladi. Ammo uning eng katta “minus”i himoyalanishda oqsaydi.  Bugun asosiy etiborni himoyaga qaratishimiz bois shunga mos futbolchilarni maydonga tushirdim. Davidas haqida ham shunday fikrlarni bildirishim mumkin. O'ylashimcha, yosh futbolchi Nurmatov bugun o'zini har tomonlama ko'rsata oldi va gol urdi.

-Bugun jamoaning etakchi hujumchisi SHohruz Norxonov to'rtinchi sariq kartochkasini “ishlab oldi”. Demak keyingi turda u jamoaga yordam bera olmaydi...

-Demak keyingi turda usiz harakatlanishimizga to'g'ri keladi. Bizda almashtirib bo'lmaydigan futbolchining o'zi yo'q. U Messi emas, u Norxonov. Albatta ,uning yo'qligi judayam bilinadi. SHohruz hujum chizig'imizning asosiy figurasi. “Barselona”  Messisiz ham g'alabaga erishayapti (kulib). Biz ham albatta g'olib chiqishga harakat qilib ko'ramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика