So’nggi yangiliklar

13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  1 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  7 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0

Sergey Lushan: "Men bu masalada hokim bilan ko'p gaplashganman. Buni allaqachon amalga oshirish kerak edi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Men bu masalada hokim bilan ko'p gaplashganman. Buni allaqachon amalga oshirish kerak edi"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"G'alaba qozonganimizdan xursandman. Birinchi bo'lim menga juda yoqdi. Yanada ko'proq gollar urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa biroz sustroq o'ynadik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar yomon ko'rinishdi demayman, ammo bunday o'yinga qo'shilib ketish oson emas. Ayniqsa bunday noqulay raqibga qarshi. Hozirgi kunda chempionatdagi barcha jamoalar o'ziga xos o'yin uslubiga ega. Taxminan 6-7 yilcha avval bunday rang-baranglik yo'q edi. Ko'p jamoalar bir xil uslubda o'ynar edi. "Qo'qon-1912" vertikal futbol o'ynaydigan jamoa. Birinchi bo'limda bir nechta vaziyatlar ham yaratishdi, shunga qaramay g'alaba qozondik", - deya fikr bildirdi Sergey Lushan bugungi bahs haqida.


- Bugun "Navbahor" jamoasi tarixidagi muhim voqea sodir bo'ldi. Bugun klub o'z akademiyasini ishga tushirdi. Ushbu voqeiylikka munosabat bildirib o'tsangiz...

- Har bir binoning fundamenti bo'lishi kerak. Men bu masalada hokim bilan ko'p gaplashganman. Buni allaqachon amalga oshirish kerak edi. Muxlislarni akademiya paydo bo'lgani bilan tabriklayman. Odatda besh yildan so'ng akademiya tarbiyalanuvchilari asosiy jamoa tarkibida paydo bo'la boshladi. O'zingiz ko'rib turibsiz, zamonaviy futbol biznesga aylanib ketgan. Klublar o'z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali daromad qilishadi. Ayrim klublar esa tarbiyalanuvchilarning transferlaridan kelib tushgan pul evaziga faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Misollar juda ko'p. "Navbahor" ham shunday darajaga etib keladi degan umiddaman. Jamoa byudjetining bir qismini bo'lsa ham qoplay olish kerak. Hozirgi kunda barchasi pulga borib taqaladi. Muhimi, hammani sotib yuborish emas, balansni topa olish. "Bunyodkor"dagi tajribamdan kelib chiqib, bu ish oson emasligini ayta olaman. Namangandan eng yaxshi futbolchilar etishib chiqqan. Nasib qilsa, akademiyamizda shug'ullanadigan yoshlar kelajakda muvaffaqiyatli futbolchi bo'la olishadi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика