So’nggi yangiliklar

12:24Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди  0 12:02TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги 1/2 финали, Испанияда кубок баҳслари ва бошқалар  0 11:52Алекс Фергюсон 2013 йилда: "Футболчиларга кийиниш хонасида ҳукмронлик қилиш имконини бериш хавфли"  2 11:36"Манчестер Сити" юлдузи АПЛда бир неча кўрсаткичлар бўйича етакчилик қилмоқда  0 10:48Алонсонинг тақдири қайси ўйинга боғлиқлиги маълум қилинди  5 10:21Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 09:55"Бухоро" футболчиси фаолиятини Тошкентда давом эттиради  1 09:30"Брентфорд" бош мураббийи: "Ҳусанов қизил олиши керак эди"  4 09:04"Манчестер Сити" футболчиси: "Хусановдан ўтиб кетиш жуда қийин"  4 08:43Трансфермаркт Туркия чемпионатининг янгиланган нархларни эълон қилди. Ҳамюртларимизда пастлаш  11 08:20SofaScore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:00Испания кубоги. "Реал Мадрид" Талавера"ни бироз қийинчилик билан енгиб, кейинги босқичга йўл олди  9 02:25Англия лига кубоги. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилган ўйинда "Манчестер Сити" "Брентфорд"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди  23 01:20УЕФА мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Бавария"ни жазолади  1 01:05Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" меҳмонда "Атлетико Балеарес" устидан ғалаба қозонди  0

Sergey Lushan: "G'alaba qozonish uchun hech bo'lmaganda 50% imkoniyatdan foydalanishni bilish kerak" Yangiliklar

Sergey Lushan: "G'alaba qozonish uchun hech bo'lmaganda 50% imkoniyatdan foydalanishni bilish kerak"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Navbahor" (3:2) bellashuvidan so'ng namanganliklar ustozi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Avvalo, navoiyliklarni tabriklagan bo'lardim. Stadion ajoyib! Mahalliy aholi ham hordiq chiqardi deb o'ylayman, chunki ularning jamoasi g'alabasha erishdi. "Qizilqum" barcha vaziyatlaridan unumli foydalanib, haqli ravishda g'alaba qozondi. Bizning jamoaga kelsak, g'alaba qozonish uchun hech bo'lmaganda 50% imkoniyatdan foydalanishni bilish kerak. Alamli o'yin o'tkazdik. Futbolchilar mehnat qilishdi, ularga etiroz yo'q.

- Birinchi golda darvozabonning aybi bor deb o'ylaysizmi? Chunki zarba uzoq burchakka bordi...

- Yaxshi zarba bo'ldi. Bir nima deyish qiyin. Albatta, bunday zarbalarni qaytarish kerak. Qanot himoyachisi ancha masofani bosib o'tib, zarba beryapti, bu erda savol darvozabonga emas. Bu holatda himoyada ko'mak zarur edi. Umuman keraksiz gol bo'ldi. Ungacha o'yinni nazorat qilayotgandik. Shundan keyin ham ancha-muncha imkoniyatlar bo'ldi, lekin gol urolmadik. Buni batafsil ko'rib chiqishimiz kerak, keyin bir xulosaga kelamiz. 

- Bungacha "Buxoro"ni 3:0 hisobida mag'lub etdingiz. Ruhiy tomondan biroz ustunlik bor edi. "Qizilqum" esa musobaqa jadvali quyi pog'onasida bormoqda. Bu faktor jamoangizga tasir ko'rsatmadimi?

- Men uchun raqibni mensimadi deyishlari g'alati tuyuladi. Futbolchilar futbolchilik kasbini o'zlari tanlagan. Ular shuning uchun pul olishadi. Raqibni mensimaslik masalasida hech qanday gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Raqib "Qizilqum" bo'ladimi, "Real"mi, shunchaki o'ynash kerak. Psxiologiyaning aloqasi yo'q. Raqib qaysi jamoa bo'lishidan qati nazar gollar urishga urinish lozim.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика