So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  6 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Sergey Kovshov: "Og'ir mehnat evaziga qimmatli ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Og'ir mehnat evaziga qimmatli ochkoni qo'lga kiritdik"

“Neftchi” – “Nasaf” bahsidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida farg'onaliklar bosh murabbiyi Sergey Kovshov va jamoa himoyachisi SHukurali Po'latov ishtirok etishdi.

Sergey Kovshov: Bugun jiddiy raqibga qarshi raqobat olib bordik. Ammo menga maqul kelgan tomoni “Neftchi”ning g'alabaga bo'lgan chanqoqligi bo'ldi. Jamoa oxirigacha kurashdi. G'alaba sari intilganliklarini ko'rsatib qo'yishdi. Ishtiyoq esa bugungi natijada muhim rol o'ynadi. Hamma murabbiylar jamoasining g'alaba qozonishini istaydi. SHu qatori  men ham jamoamdan g'alaba kutgandim. Bugun biz og'ir mehnat evaziga qimmatli ochkoni qo'lga kiritdik. Yigitlarning o'yinidan ko'nglim to'ldi.



SHukurali Po'latov: Bugun O'zbekistondagi eng kuchli klubga qarshi to'p surdik. Buni inkor etib bo'lmaydi. Bejizga bu jamoa o'tgan mavsumda 2-o'rinni qo'lga kiritmadi. Jamoamiz bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Bahsda muxlislar bizga juda katta dalda bo'lib turishdi. Buning uchun ularga rahmat deb qolaman. “Neftchi” yomon o'yin ko'rsatmadi. Bugun rahbariyat tomonidan “Nasaf”ni mag'lub etish vazifasi oldimizga qo'yilgandi. Lekin durang natija ham yomon emas deb o'ylayman. Jiddiy raqibga qarshi og'ir o'yin kechdi.      

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика