So’nggi yangiliklar

15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7

Sergey Arslanov: "Musobaqa peshqadamiga qarshi bir ochko ham yaxshi natija" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Musobaqa peshqadamiga qarshi bir ochko ham yaxshi natija"

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Neftchi" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Kuchli jamoa bilan o'yinda qimmatli ochkolarni qo'lga kiritdik. Bugun ham ikki xil taym ko'rdik. Birinchisida unchalik ham omadimiz kelmadi, deyarli vaziyat yaratmadik. Ochig'i, bunga raqib imkon bermadi. Ikkinchi taymda to'pni nazorat qilishga harakat qildik. Ko'proq hujum qildik va yakunda durang o'ynadik. Bundan xursandmiz. Kuchli jamoaga qarshi ochko ham natija”, - deydi Arslonov.

“Nimelining bugungi kundagi formasi yaxshi. U bugun bunday formaga kirmadi. Avvalgi o'yinlarda ham shunday harakat qilgandi. Uning tirishqoqligi va hujumlarda chaqqon harakat qilishi bizga yordam berayapti. Masalan, bugun ham birinchi taymda yarimta vaziyatdan foydalana oldi va deyarli assist amalga oshirdi. Ikkinchi taymdagi harakatlari ham har maqtash uchun arzirli. Gol urdi va jamoaga ochko taqdim etdi. Umuman, jamoadagi barcha birdek harakat qilayapti. Barcha futbolchilarning harakatlari tahsinga sazovor”.

“Neftchi” tarkib va mahorat borasida bizdan ancha kuchli. Ijrochilar ham ularda yaxshiroq. Ammo, shunday jamoaga qarshi o'yinda bugun ochko oldik. To'pni nazorat qilishda, umuman hech qanday aspektda ulardan qolishmadik. Balki, qaerdadir yaxshiroq o'ynagandirmiz”.

“Levchenkoni murabbiy sifatida anchadan beri taniyman. Qolaversa, uning qo'l ostida biroz muddat o'ynaganman. U futbolchi sifatida ham kuchli va aqli edi. Murabbiy sifatida esa ancha kuchli mutaxassis ekani aytishim mumkin. Uning jamoalari taktik jihatdan yaxshi, maydonda turli taktik sxemalarni qo'llaydigan va tartibli jamoalar”.

“Bizda turli yoshda mamlakatimizda istedodli futbolchilar etarli. Faqat ularni to'g'ri va asosiysi, foydali yo'naltirish muhim. Mamlakatimizda bunday yoshlar etarli”.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика